O‘zingizga qulay vaqtda to‘lang! UZONLINE abonentlari uchun «suzuvchi davr» tamoyili bo‘yicha yangi to‘lov tartibi joriy etilmoqda
15.05.2019
Rukn: Internet.
Muallif: .

UZONLINE abonentlari uchun ajoyib yangilik! Endi Internet tarmog‘iga ulanish uchun to‘lov har qanday qulay vaqtda amalga oshirilishi mumkin. Kompaniya billing tizimini modernizatsiya qilish hozirda «suzuvchi davr» deb atalgan tamoyilni joriy etish imkonini beradi.

Abonentlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida «O‘zbektelekom» AK 2019-yil 15-maydan boshlab, jismoniy shaxslar uchun UZONLINE Internet-xizmatlariga ulanishda abonent to‘lovlarini amalga oshirishning yangi tartibini joriy etmoqda, bunda hisob-kitob davri va to‘lov muddatlari «suzuvchi davr» tamoyili bo‘yicha o`zgarishi mumkin.

Mazkur hisob-kitob tizimining joriy etilishi oyning dastlabki kunlarida billing tizimining va Kompaniya Call-markazining ishini teng ravishda taqsimlashga va optimallashtirishga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.

Endi Abonent to‘lovini har oyning birinchi sanasiga qadar amalga oshirish shart emasligi sababli abonentlarga xizmatlar uchun to`lovni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi. Endi Kompaniyaning har bir Abonenti o‘ziga qulay vaqt mobaynida to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin, hisob sanasi xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilgan vaqtidan belgilanadi. To‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda ham, shaxsiy hisob «to‘lovni kutish» holatiga o‘tkaziladi va to‘lov amalga oshirilgandan boshlab, xizmatlarning taqdim etilishi davom etadi va hisoblash sanasi yangi hisob-kitob davriga o‘tadi.

Cheklangan tarif rejalariga ulangan abonentlar, endi trafik limiti tugagach, oyning birinchi sanasini kutishlari shart emas, faqat o‘z tarif rejalarini qayta ishga tushirish yoki yangi trafikni faollashtirish va zarur trafik hajmini bugunning o‘zida olishlari mumkin. Masalan, dam olish yoki ish safari vaqtida o‘z xizmatlarini vaqtincha to‘xtatib qo‘yishni istagan abonentlar uchun sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofisida «Xizmat ko‘rsatish zahirasi» ga ariza bilan murojaat qilish mumkin. Bu holatda, bir yoki ikki hisobot davri mobaynida faqat kichik to‘lov olinadi, ajratilgan tarmoq resurslari Abonent tomonidan saqlab qolinadi.

Bir misol keltiramiz. Hozirgacha UZONLINE abonentlari har oyning birinchi sanasigacha qat’iy ravishda to‘lovni amalga oshirishlari kerak edi. Agar oylik to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagan va  masalan, abonent 10 kunlik xizmat uchun birinchi kundan to‘lovni amalga oshirmagan bo‘lsa, unda bu holda hisobot davri 1 kundan boshlab hisoblanishi sababli 10 kunni «yo‘qotardi». Endi abonent hozirgi hisob-kitob davri mobaynida o‘ziga qulay bo‘lgan har qanday kunda to‘lashi mumkin va to‘lov amalda oshirilgan paytdan boshlab, 1 oy uchun hisoblab chiqiladi. Bundan tashqari, bir tarif rejasidan boshqasiga o‘tish qulay bo‘ldi. Oyning birinchi sanasini kutishning hojati yo‘q, lekin har qanday kunda ham yangi tarifga o‘tish mumkin.

«Suzuvchi davr» tamoyiliga o‘tish munosabati bilan Internet tariflari va xizmatlarining Preyskurantiga o‘zgartirishlar kiritildi. 2019-yil 15-maydan boshlab, har oylik abonent to‘lovi amalga oshirilgan jismoniy shaxslar uchun barcha tarif rejalarida, hisob-kitob davri internetga birinchi ulanish vaqtida va undan keyin to‘lov amalga oshirilgan paytdan boshlab belgilanadi.

«O‘zbektelekom» AK telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ommaviy ofertadaga, shuningdek, qo‘shimcha va asosiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha qoidalar va shartlarga o‘zgarishlar kiritildi. Yangi tahrirdagi hujjatlar bilan quyida tanishish mumkin:

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq