Ovoz kuchaytirgich ichiga telefonlar yashirilgan ekan
15.05.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar navbatdagi qonunbuzarlik holatlarini aniqlashdi.

«Seul-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelib, «yashil» yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro D.D.ning yuklari nazorat tartibida maxsus skanerlar yordamida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada “ustamonlik” bilan o‘ylangan qonunbuzarlik fosh etildi, ya’ni, fuqaro D.D bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, deklaratsiyalanmagan 8 dona har xil rusumdagi mobil aloqa vositalarini ovoz kuchaytirgich ichiga yashirilgan holda olib kirmoqchi bo‘lgan ekan. Biroq uning bu nayrangi ish bermadi.
Shuningdek, ayni shu aviareys bilan uchib kelgan fuqaro R.D ham bojxona nazoratidan o‘tkazilganda yashirincha olib kirmoqchi bo‘lgan 5 dona mobill telefonlari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda esa, «Pekin-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha bilan uchib kelgan fuqaro B.A. ham sal kam 13 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan tibbiyot uskunalarini noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishi besamar yakunlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq