Internetni boshqarish boʻyicha 4-Markaziy Osiyo forumi boʻlib oʻtmoqda
15.05.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Forum har yili Markaziy Osiyo mamlakatlari, MDH va Yevropadan 200 nafar ishtirokchini oʻzida birlashtiradigan Markaziy Osiyo mamalakatlarida Internetni boshqarish siyosati masalalarini muhokama qilish boʻyicha ochiq maydon hisoblanadi.

Bu yil forumning asosiy mavzusi Markaziy Osiyo imkoniyatlarini kengaytirishda Internetni rivojlantirish deb ataladi. Internetni boshqarish sohasi mutaxassislari, vazirliklar, aloqa agentliklari, huquq-tartibot organlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va tijorat kompaniyalari, tadqiqot markazlari vakillari muhokamalarda ishtirok etmoqdalar, kiberxavfsizlik, Internet erkinligi va uni muvofiqlashtirish, DNS tarmogʻini rivojlantirish hamda Internetdan foydalanish, shuningdek, Internetni boshqarish masalasida global va milliy yondashuvlar borasidagi muammolarni qanday hal etish yuzasidan ilgʻor tajribalar bilan oʻrtoqlashmoqdalar.

Forum doirasida toʻrtta ishchi guruh alohida tematik mavzular ustida ish olib bormoqdalar va ushbu mavzular asosida Markazi Osiyo uchun siyosiy tavsiyalar shakllantiriladi.

Internetni boshqarish boʻyicha 4-Markaziy Osiyo forumi Oʻzbekistonda ushbu yoʻnalishdagi birinchi forum sanalib, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, YEXHTning Oʻzbekistondagi ofisi va Qirgʻiziston Respublikasining “Internet siyosatining fuqarolik tashabbusi” jamoat fondi, ICANN, Internet Society, RIPE NCC, Facebook, Kasperskiy laborotoriyasi, IGFSA, UZTELECOM va Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan tashkil etilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq