O‘zRTXB” AJ Inha Universiteti talabalarga uchun birja faoliyati bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
14.05.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zRTXB” AJ vakillari Toshkent shahridagi Inha Universitetiga tashrif buyurdilar. Talabalarga birja faoliyatini tanishtirish taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Birja faoliyati bo‘yicha videoroliklar namoyish etildi, barcha savdo maydonchalari haqida tushuncha berildi, birja savdolarini tashkillashtirish, davlat xaridlari, ko‘rgazma-yarmarka savdolari, avtomobillar davlat raqamlari auksioni, shuningdek, brokerlik idoralari faoliyati to‘g‘risida va boshqalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Talabalar o‘rtasida ularning birja faoliyati bo‘yicha bilimlari doirasida kichik musobaqa uyushtirildi va g‘oliblarga esdalik sovg‘alar berildi.

Uchrashuv yakunida “O‘zRTXB” AJ vakillari talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar. “O‘zRTXB” AJ da har haftaning juma kuni – talabalar uchun ochiq eshiklar kuni deb e’lon qilindi.

Toshkent shahridagi Inha Universiteti 2014-yilda Koreya Respublikasi Inha Universiteti bilan hamkorligida tashkil etilgan.

Universitet, axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlashni yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan.

Universitetning asosiy maqsadi – mamlakat va jamiyat rivojiga hissa qo‘shadigan texnologiya, sanoat, biznes va boshqa kasblar sohasidagi kelajak rahbarlarni tayyorlashdir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq