«ELEKTRON HUKUMAT» tizimiga oid atamalarning birinchi ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati ishlab chiqildi
14.05.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Hozirgi vaqtda elektron hukumatning rivojlanishi demokratik jamiyat asoslarini takomillashtirish va milliy raqobatbardoshlikni oshirish jarayonida katta ahamiyat kasb etadi.

Dunyo amaliyotida «Elektron hukumat to‘g‘risida» alohida qonun faqat yetti mamlakat (Koreya Respublikasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya Avstriya, Singapur, Finlyandiya, Bolgariya)da mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni 2015-yil dekabrda qabul qilingan. «Elektron hukumat» ni shakllantirish va interaktiv davlat xizmatlarini taqdim etish sifati hamda samaradorligini oshirish maqsadida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Kasbiy tafakkurni muvaffaqiyatli shakllantirish, zamonaviy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratish uchun atamalar va tegishlicha terminologik lug‘atlar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

UNICON.UZ» – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi Davlat unitar korxonasida elektron hukumat bo‘yicha atamalarning ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati birinchi marta ishlab chiqilmoqda.

Lug‘atda elektron hukumat, axborot jamiyati, axborot xavfsizligi, interaktiv davlat xizmatlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha atama va ta’riflarning keng spektri aks etgan.

Lug‘at alifbo tartibida joylashtirilgan 330dan ortiq atamani o‘z ichiga oladi. Ushbu lug‘at A.A.Matkarimovning umumiy tahriri ostida ishlab chiqildi. Lug‘at M.M.Muhitdinov tomonidan tuzildi. Yo.N.Ahmedova, Sh.Sh.To‘laganov tomonidan tarjima va tahrir qilindi. Kompyuter ishlarini Sh.S.Sultonova bajardi.

Ishlab chiqilgan lug‘at ushbu yo‘nalishdagi dastlabki urinish hisoblanadi. Elektron hukumat rivojlana borgan sari, termonologik baza kengayib, takomillashib boradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq