O‘z smartfonimizni o‘lkamiz jaziramasidan qanday asrash kerak?
13.05.2019
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Hozir faqat may oyining o‘rtasida turibmiz, biroq O‘zbekistonda jazirama issiqlik deyarli yoz faslidagidek. Yoz – bu juda ko‘p quyoshli kunlar va uning issiq taftidan zavqlanish mumkin bo‘lgan fasldir. Biroq gadjetlarimiz uchun bizning mamlakatimizda – bu butunlay boshqa holat. Agar smartfoningiz juda qizib ketsa, undagi biror qismi ishdan chiqishi mumkin. Agar hozir hech narsa bo‘lmasa ham, uning xizmat muddati qisqarishi mumkin – elektron qurilmalar issiqni yoqtirmaydi.

Biroq eng muhimi, uning korpusi juda qizib ketsa, batareyasiga zarar yetish xavfi ortadi. Ehtimol, ko‘pchilik cho‘ntakdagi yoki qo‘lda turgan telefon yonib ketgan va foydalanuvchi kuygan hodisalar haqida eshitgan bo‘lishi mumkin.

Quyida smartfoningiz jazirama yoz kunlaridan eson-omon chiqishiga yordam beradigan ayrim maslahatlar.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuridan qoching

Ha, siz telefonni bevosita quyosh nurida qoldirmasligingiz kerak, chunki bu holda, ayniqsa, qora rangli korpusga ega telefonlarda qizib ketish yuqori darajada kuchliroq bo‘ladi. Aytgancha, bu qoidaga faqatgina yoz faslida emas, doim amal qilish zarur.

Telefonni avtomobilda qoldirmang

Telefonni, masalan, batareyasiga quvvat oldirish uchun mashinada qoldirmang, ko‘cha harorati juda issiq, yopiq mashinada esa issiqxona muhiti yuzaga keladi. Bundan tashqari, agar telefonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida qoldirsangiz, uning qizib ketmasligidan umid ham qilmang.

Keraksiz modullarni o‘chiring

Telefonning jazirama issiq harorati bilan samarali kurashishi uchun siz unga biroz yordam berishingiz, keraksiz – GPS, Bluetooth, LTE, Wi-F funksiyalarini o‘chirib qo‘yishingiz mumkin, bu aslida, juda oz bo‘lsada, biroq gadjetingizni sovutishda yordam beradi.

Og‘ir o‘yinlar

Gadjetni ortiqcha qizdirmaslik uchun issiq kunlarda og‘ir o‘yinlarni o‘ynamay turgan ma’qul. Telefonda o‘yin o‘ynaydiganlar natijada smartfonni qandaydir isitish qurilmasiga aylanib qolishi mumkinligini yaxshi biladilar.

G‘ilofini yeching

Agar smartfoningizda g‘ilofdan foydalansangiz va telefoningiz qizib ketayotganini sezsangiz, telefoningizda g‘ilofdan foydalanmaslikka harakat qiling, axir o‘zingiz ham yoz kunlari qalin kiym kiymaysizku.

Devayslarning barchasini bir joyda ushlamang

Ko‘pchilik bir smartfonni emas, balki bir nechta, masalan, shaxsiy telefon va xizmat telefonidan foydalanadi. Telefonlarni turli cho‘ntaklarda saqlagan ma’qul, sababi ular bir-birini kuchliroq qizdiradi va ularni sovutish uchun ko‘proq toza havo talab etiladi.

Smartfonni muzlatkichda sovutmang

Garchi g‘alati eshitilsa-da, lekin qizib ketganini sezib qolgan ayrim foydalanuvchilar gadjetni muzlatgichda sovutishga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri konditsioner oldiga qo‘yishga harakat qilmoqdalar. Bu ham yomon ishdir, keskin sovutish ham telefonga zarar yetkazishi mumkin va xizmat muddatiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Sovutish uchun telefonni salqin joyga yoki konditsionerli xonada qoldirish yaxshidir, biroq sovutish manbalaridan uzoqroq masofada joylashgan bo‘lishi kerak. Agar telefon ushlab turish qiyin bo‘ladigan darajada qizib ketgan bo‘lsa, uni sovimagunicha o‘chirib qo‘yish yaxshidir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq