HUAWEI kompaniyasi beshinchi avlod tarmoqlarining ustunliklarini real misollarda ko‘rsatmoqda
13.05.2019
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

HUAWEI kompaniyasi Shanxay shahridagi Xuntsyao temir yo‘l vokzalida rasman 5G tarmog‘ini yo‘lga qo‘yishni boshladi. Ushbu temir yo‘l stansiyasi jahonda birinchi bo‘lib beshinchi avloddagi ichki ma’lumot uzatish tarmog‘iga ega bo‘ldi. 2019-yilning oxirida stansiyaning ichki hududi to‘liq 5G aloqasi bilan qoplanishi kutilmoqda. Yo‘lovchilar ushbu tarmoqdagi turli xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, joriy yilning fevral oyida HUAWEI va moil aloqa operatori China Mobile Shanghai Internet tarmog‘iga 1,2 Gbit/s tezlikda ulanish imkoniyatini beradigan 5G DIS (digital indoor system) uskunasini namoyish qilindi. Mazkur uskuna ta’minlaydigan tezlik tufayli yo‘lovchilar 2 Gbayt hajmga ega yuqori aniqlikdagi filmni 20 soniyaga ham bormasdan, yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Piter Chjou, HUAWEI kompaniyasining simsiz tarmoqqa oid mahsulotlar bo‘yicha marketing direktori: “5G tarmoqda o‘tadigan signallarning yuqori tezligi tufayli yo‘lovchi oqimini yanada aniqroq nazorat qilish hamda bulutli xizmatlardan yanada tezroq foydalashnish mumkin. Bundan tashqari, yo‘lovchilar uchun binoda aniq navigatsiya va do‘konlarni izlash xizmati ham mavjud.

5G DIS HUAWEI tizimidagi elementlar ixcham shaklga ega bo‘lib, bino shiftiga o‘rnatiladi. Har bir 5G DIS elementining qamrov hududi 25-30 metrni (radius bo‘yicha) tashkil etib, butun stansiyani qoplash uchun 1000 dona atrofida DIS talab etiladi. Stansiyaning umumiy ovqatlanish hududida HUAWEI 5G imkoniyatlarini namoyish qilish uchun WiFi-tarmoq yaratadigan bir nechta uzatgichlarni o‘rnatdi. Undan foydalanish ssenariylari turlicha bo‘lishi mumkin: masalan, 4K formatidagi videoqo‘ng‘iroqlar, yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish uchun yuqori aniqlikdagi ko‘p kanalli videokonferensaloqa va boshqalar.

“Yo‘lovchilar 5G tarmoqdagi yuqori tezlik tufayli yangi xizmat va ustunliklarga shubhasiz yuksak baho beradilar”, – deydi Chjan Szyanmin, Shanxay iqtisodiyot va texnologiyalar bo‘yicha shahar komissiyasi raisining o‘rinbosari.
Xuntsyao temir yo‘l stansiyasi Osiyodagi eng muhim transport bo‘g‘inlaridan va Xitoyning temir yo‘l orqali yuk va yo‘lovchilarni tashuvini amalga oshirish bo‘yicha tashrif qog‘ozi hisoblanadi. Stansiyada yiliga 60 million odam temir yo‘l xizmatlaridan foydalanadi. Har kuni undan 330 000 nafar inson o‘tadi.

Yana ijtimoiy jihatdan muhim bo‘lgan misol sifatida HUAWEI 5G texnologiyasining tibbiyotdagi masofaviy jarrohlikka joriy etilganini aytib o‘tish mumkin.

Pekin vaqti bilan 2019-yil 16-mart kuni umumiy profildagi PLA Xitoy shifoxonasida Parkinson kasalligiga chalingan bemorda implantatsion jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bu 5G standartidagi ma’lumot uzatish tarmog‘i yordamida o‘tkazilgan Xitoydagi birinchi jarrohlik amaliyotidir. Neyrojarroh Lin Chjipey real vaqt rejimida HD-videotranslyatsiya orqali jarrohlik asboblarini masofadan qo‘llab, bemorning bosh miyasida 3 soat davom etgan murakkab operatsiyani muvaffaqiyat bilan yakunladi.

Shu tarzda, 5G tarmoqlarini tatbiq etish va ishlatish orqali tibbiy xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish va yuqori malakali tibbiy resurslarni oqilona taqsimlash mumkin.

Yuqori tezlik, keng o‘tkazish polosasi va past kechikishga ega bo‘lgan 5G tarmoq masofaviy jarrohlikda barqarorlik, ishonchlilik va xavfsizlikni ta’minlab, ekspertlarga operatsiya jarayonini va bemor bilan bog‘liq holatlarni istalgan payt va joyda nazorat qilish imkoniyatini yaratadi.

5G tarmoqdagi keng o‘tkazish polosasi va past kechikishlar tufayli jarrohlik amaliyoti paytida mamlakatning turli nuqtalarida bo‘lgan mutaxassislar HUAWEI ishlab chiqqan 4K HD formatidagi videokonferensiya tizimi orqali operatsiya rejasini muhokama qilishdi va real vaqt rejimida bemorning fizik holati, shu jumladan, diagnostika haqidagi ma’lumotlar bilan almashishdi. Jarrohlik uskunasi esa maxsus dastur yordamida boshqarilib, operatsiyaning muvaaffaqiyatli o‘tishi, tashxisning aniq qo‘yilishi va masofaviy tibbiy konsultatsiya tizimidagi samaradorlikning yaxshilanishini ta’minladi.

5G uskunani ishga tushirgandan keyin o‘tkazilgan sinov natijalariga ko‘ra, tarmoqdagi tezlik real vaqt rejimida 4K HD videoni, siqilmagan radiologik tasvir va patologik kesma suratlarini yo‘qotishlarsiz uzatish talablarini to‘liq qondirishi ma’lum bo‘ldi, bu esa, o‘z navbatida, masofaviy ultratovushli va jarrohlik aralashuvlarini amalga oshirishga imkoniyat berishi isbotlandi. Bunday yechim shifokor bo‘lmagan uzoq hududlarda yashovchi bemorlar uchun a’lo variant hisoblanadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq