Toshkentda «Vosxod» elektron musiqa festivali o‘tkaziladi
11.05.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 8-9 iyun kunlari poytaxtimizda Italiya, Fransiya, Ukraina, Gruziya va Rossiyaning produser va didjeylari, shuningdek, mahalliy elektron sahna vakillari ishtirokida «Vosxod» elektron musiqa festivali bo‘lib o‘tadi.

Tadbir ko‘ngilochar yoshlar turizmi rivojlanishi sohasida mamlakat salohiyatini namoyish etish va uni zamonaviy madaniyat trendlariga tayyorligini ko’rsatish maqsadida tashkil etilmoqda.

«Vosxod» yurtimizda dunyoning turli mamlakatlaridan elektron musiqa ishqibozlari va sayyohlar uchun ochiq bo‘lgan musiqa festivalini muntazam ravishda o‘tkazishning debochasi bo‘ladi.

Festival tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda «Akustika fakulteti» («Fakultet Akustiki») promouterlik kompaniyasi hisoblanadi.

Ikki kunlik festival dasturida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Markaziy bog‘ (sobiq Telman bog‘i) da mahalliy va taklif etilgan musiqachilarning chiqishlari rejalashtirilgan. Tadbir mehmonlari “deep house”, “electronica”, “techno”, “melodic house”, “melodic techno”, “acid”, “downtempo” va boshqa janrlardagi musiqalarni tinglashlari mumkin.

Tadbirni o‘tkazish vaqti:

8-iyun – 11.00dan 23.00gacha

9-iyun – 17.00dan 23.00gacha.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq