HUAWEI P30 Pro smartfoni yana bir yuksak mukofotni qo‘lga kiritdi
10.05.2019
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

TIPA Assotsiatsiyasining (Technical Image Press Association) Bosh Assambleyasi qaroriga ko‘ra HUAWEI P30 Pro smartfonini 2019-yilning eng yaxshi mahsulotlari qatoridan joy olldi va uni “Fototasvir uchun eng yaxshi smartfon” deb atadi. Qatorasiga uch yildaan buyon ushbu mukofotga HUAWEI P seriyasidagi smartfonlar loyiq qo‘rilmoqda, bu esa HUAWEI kompaniyasining mobil qurilmalarning sifati, mahsuldorligi va dizaynini yaxshilashga bo‘lgan muntazam intilishini tasdiqlaydi.

Chanchju Li (Changzhu Li), HUAWEI Consumer BG mobil yo‘nalishining vitse-prezidenti: “Foto va video tasvir imkoniyatlari har doim HUAWEI P seriyasining diqqat markazida bo‘lgan. Bizning yangi flagmanimiz HUAWEI P30 Pro modeliga bergan yuksak bahosi uchun TIPA Assotsiatsiyasiga yana bir bor minnatdorlik bildiramiz. Leica kameralar tizimi bilan jihozlangan HUAWEI P30 Pro smartfoni bir qator innovatsiyalar, jumladan, RYYB rang filtri va besh karrali optik zum orqali mobil fotografiyada yangi marrani belgiladi. Bunday ustunliklar foydalanuvchilarga ijod va o‘ zini ifodalash uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi”.

Jahondagi professional foto ekspertlari HUAWEI P30 Pro modelining tasvirga olishga doir yangi imkoniyatlarni yuqori baholashdi. To‘rtta obyektiv bilan jihozlangan flagman Leica kameralar tizimi spektral sensorga ega 40 megapiselli kamera, 20 megapikselli ultra keng burchakli obyektiv, shuningdek, optik stabilizatsiya bilan kuchaytirilgan super zumli obyektiv yangi darajadagi aniqlik va masshtablash bilan ta’minlaydi. HUAWEI Time of Flight (ToF) innovatsion kamerasi esa tasvir o‘tkirligining chuqurligini aniqlab, tabiiy boke effektini hosil qilishga imkoniyat beradi. Yuqoridagi barcha kameralarning o‘zaro faolligi esa har qanday yorug‘lik sharoitlarida ham yuqori detalizatsiya va keng dinamik diapazon bilan ta’minlaydi.

TIPA Assotsiatsiyasining rasmiy izohi: “HUAWEI P30 Pro smartfoni Super-Resolution algoritmi tufayli fokuslash masofasining keng diapazoniga ega: bir nechta RAW-kadrlar yuqori aniqlikdagi bitta tasvirga birlashtiriladi. Bundan tashqari, qurilma yetarli darajada yoritilmagan sharoitlarda ham yuqori sifatda tasvirga olish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Maksimal ISO 409 600 ko‘rsatkichi esa deyarli butunlay qorong‘i sharoitda ham tasvirga olishga imkoniyat yaratadi, uning yorug‘lik o‘tkazish qobiliyati standart RGB-sensorlarga nisbatan 40 foizga yuqori”.

HUAWEI P30 Pro kam yoritilgan sharoitlarda ham yuqori sifat va yangi masshtablash imkoniyatlarini taqdim etadi. Mazkur xususiyatlari tufayli smartfon DxOMark — kamera va obyektivlar tasvir sifatini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha sohaviy standart reytingida rekord darajadagi 112 ball oldi. Mutaxassislarning yuqori baholari HUAWEI olib borayotgan tadqiqotlar va ishlanmalarning naqadar ahamiyatli ekanligi, shu bilan birga, foydalanuvchilarga mobil fotografiya sohasida maksimal imkoniyatlarni taqdim etish bilan bog‘liq intilishini dalillaydi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq