Endi Uzcard kartalariga pensiyani belgilash foydali
10.05.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi va “Xalq banki” pensiya kartalaridan foydalanishga tegishli yangi imkoniyatlarni joriy etdi.

Yaratilgan imkoniyat mavjud noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida joriy etildi. Shu sababli pensiyani olish jarayoniga e’tibor qaratish vazifasi alohida ko‘rib chiqildi. Mehnat faoliyatini tugatgan pensionerlarning pensiyasi yashash joyiga qarab, Pensiya jamag‘armasi bo‘limlari tomonidan egasiga topshiriladi. Tijoriy bank orqali o‘z pensiyasini oluvchilar tomonidan har 6 oyda pensiyani olish huquqlari Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga tashrif buyurilgan holda, tasdiqlanishi darkor. Endilikda ushbu jarayon sezilarli darajada osonlashtirildi.

“Xalq banki” tomonidan chiqariluvchi pensiya kartalari pensioner istagiga ko‘ra ochiladi va qator qulaylilarni havola etadi. O‘z navbatida, ushbu kartalar bepulga ochiladi va pensiya belgilangan muddatda, avtomatik ravishda, Uzcard kartasiga tushiriladi. Shuningdek, “Xalq banki”ga qarashli bankomatlar va kassalar orqali pensiya kartalaridagi pul mablag‘ini naqdlashtirish xizmati uchun komission to‘lovlar belgilanmaydi.

Ta’kidlash joizki, “Xalq banki” hamda YaUPM hamkorligida amalga oshirilgan ushbu loyiha pensiya kartalari egalari uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni, jumladan, overdraft xizmatlaridan foydalanishni nazarda tutadi. Ushbu kartalarda uch minimal ish haqi miqdorida overdraft krediti mavjud (Overdraft — qarz oluvchi mijoz hisob raqamida yetarlicha mablag‘ bo‘lmagan holatda bank tomonidan kredit ajratilishi.). Taklif etilayotgan overdraft xizmatlaridan oylik pensiya belgilanishidan oldin har oy foydalanish mumkin. Overdraft kreditning amal qilish muddati 12 oyni hamda oylik foizi 1,33 ni tashkil etadi. Ushbu xizmat turidan foydanuvchi mijoz “Xalq banki” tomonidan belgilangan tartibda karta hisobiga ma’lum pul miqdorini qabul qilishi hamda ko‘zda tutilmagan xarajatlarga yo‘naltirishi mumkin.

Pensiya kartalariga tegishli batafsil ma’lumot uchun “Xalq banki” ga murojaat eting.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq