Yaponiyalik hamkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
08.05.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

7-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Q. Yuldashev Yaponiyaning “NEC” korporatsiyasi katta ijrochi vitse-prezidenti, direktorlar kengashi aʼzosi Norixiko Ishiguro bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “NEC” korporatsiyasi bilan oʻrnatilgan uzoq yillik samarali hamkorlik, jumladan, Oʻzbekistonda amalga oshirilgan telekommunikatsiya tarmogʻini va teleradioeshittirish tizimini raqamlashtirishga qaratilgan loyihalarning rivojidagi ahamiyati taʼkidlab oʻtildi.

Muloqot davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC), ushbu mamlakatning tijorat banklari kredit mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan “Maʼlumotlar uzatishning magistral va multiservis tarmogʻini kengaytirish” hamda “IMS texnologiyasi boʻyicha kommutatsiya markazlarini modernizatsiyalash” investitsiya loyihalarining amaliy jihatlari muhokama etildi. Shuningdek, zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarini tatbiq etishning istiqbolli loyihalari boʻyicha fikr almashildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq