O‘zbekiston Milliy kutubxonasida vaqtli matbuot nashrlarining press.natlib.uz bazasi
07.05.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida interaktiv xizmat — vaqtli matbuot nashrlarini o‘zida jamlagan “Milliy nashrlarning elektron arxivi” (http://press.natlib.uz) bazasi mavjud.

Bazaning yaratilishidan maqsad mavjud vaqtli nashrlarni tizimlashtirish, maqolalarni izlashni osonlashtirish, retro nashrlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada rivojlantirishdan iborat.

Milliy nashrlarning elektron arxivi ma’lumotlar bazasida vaqtli matbuot nashrlarining to‘liq matnlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Ushbu ma’lumotlar bazasi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining rasmiy manbasi hisoblanib, foydalanuvchilar uchun qulay qidiruv tizimi, vaqtli matbuot nashrlarida chop etilgan maqolalar, ularni qiziqtirgan axborotlarni qisqa muddatda topish imkoniyatini beradi. Ma’lumotlar bazasidan Respublika miqyosida chop etilgan markaziy nashrlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar shahar va tumanlarida muntazam chop etib boriladigan vaqtli matbuot nashrlarini kiritish rejalashtirilgan. Ma’lumotlar bazasining xronologik qamrovi 1935 yildan boshlab nashr qilingan vaqtli matbuot nashrlari kiritilishi rejalashtirilgan. Kitobxonlar talabini inobatga olgan holda, ko‘p so‘raladigan gazetalarni kiritish ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.

Ma’lumotlar bazasi ikki tilda o‘zbek va rus tillarida yaratilgan. Dasturda oxirgi qo‘shilganlar, ko‘p o‘qilganlar va statistika kabi bir necha yordamchi sahifalar ham mavjud. Nashrlarni identifikator, maqomi, nomi, yili, tegi, nomeri, maqolalarni matni orqali ham saralash va ko‘rish mumkin.Milliy nashrlarning elektron arxivi ma’lumotlar bazasida jamlangan nashrlarni to‘liq elektron shakli bilan bir qatorda, nashrlarda mavjud maqolalar tasvirlanib, kitobxonlar maqola haqida dastlabki ma’lumotga ega bo‘lishlari uchun qisqacha annotatsiya ham beriladi.

Hozirgi kunga qadar Milliy nashrlarning elektron arxivi ma’lumotlar bazasida 23 nomdagi davriy nashrlarning 11233 nusxa raqamlashtirilgan maqolalari elektron shaklda kiritilgan.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida vaqtli matbuot nashrlarining press.natlib.uz bazasiga www.natlib.uz saytining “Dasturlar” bo‘limi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri http://press.natlib.uz orqali kirishingiz mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq