Toshkentda mamlakatdagi eng yirik o‘yin markazi faoliyatini boshladi
06.05.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

5-may kuni poytaxtimizda O‘zbekistondagi eng yirik elektron sport majmuasi — “Fidanza” nomi ostidagi uchinchi o‘yin markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu markaz «Turkiston Bank» va «Hamsa Concern» kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan va e-sportda yangi chempionlarni kashf etish uchun barcha sharoitlarga ega. Majmua 1000 kvadratmetr maydonda joylashgan bo‘lib, bu yerda 160 kompyuter va Play Station o‘rnatilgan 10 kabinka o‘rin olgan. Shu bilan birga, to‘laqonli kafe-bar va dam olish zonalari tashkil etilgan.

Klubning tantanali ochilishi geyming bayramiga aylanib ketdi. Unda ham e-sport yulduzlari ham olimpiya chempionlari ishtirok etishdi. Ochilish doirasida e-sport bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi, unda Dota 2 o‘yini bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “Fidanza” jamoasi bilan bellashdi, bloger va jurnalistlar esa Dota, Counter-Strike va MortalCombat o‘yinlarida kuch sinashishdi.

Dasturda tanlov e’lon qilinib, uning shartlari bo‘yicha bir oydan so‘ng o‘yin markazi mehmonlari Spark avtomobilini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq