«O‘zbektelekom» AK optik tolali aloqa liniyalarini kengaytirmoqda. Tezlik oshib, narxlar tushirilmoqda!
04.05.2019
Rukn: Internet.
Muallif: .

«O‘zbektelekom» AK tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini va abonentlar sonini oshirish, Internetnga ulanishni yanada yuqori tezlikda taqdim etishga yo‘naltirilgan bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda.

Shujumladan, 2019-yilning to‘rt oyi mobaynida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

— Liniya kabel xo‘jaliklarini texnik me’yorda saqlash maqsadida eskirgan telefon tarmog’i liniyalarini ta’mirlash ishlari amalga oshirildi, 4 ming km dan ortiq turli sig‘imdagi loqa kabel mahsulotlari yangilandi, Respublikaning barcha hududlaridaxDSL texnologiyasi orqali taqdim etilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari sifati ko‘rsatkichlari oshirildi.

— 150 mingdan ortiq sig‘imga ega, tarmoqqa keng polosali ulanish qurilmalari o‘rnatilishi natijasida abonentlarga FTTx texnologiyalari bo‘yicha optik aloqa liniyalari orqali telekommunikatsiya xizmatlari taqdim etilmoqda.Joriy yilning birinchi choragi davomida 2 408 ta ko‘p qavatli uylar, 1 108 ta umumta’lim maktablari zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlandi.

— «O‘zbektelekom» AK tomonidan 2019-yil boshidan aholi va boshqa ijtimoiy soha muassasalariga GPON texnologiyasi orqali zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish imkonini yaratish maqsadida 5 ming km.dan ortiq optik aloqa kabellariyotqizildi.

«O‘zbektelekom» AK Chaqiriqlarni qayta ishlash yagona markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida, respublikaning barcha viloyatlaridan qo‘ng‘iroqlar “1084” va “1086” qisqa raqamlariga qayta yo‘naltirilib, qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish tizimimarkazlashtirildi. Bu mijozlar murojaatlariga xizmat ko‘rsatish sifatini sezilarli darajada oshiradi.

O‘zbekistonning barcha viloyatlarida hozirgi vaqtda abonentlarni ulash uchun umumiy sig‘imi 146 944 portga ega GPON hamda 54 272 portli VDSL texnologiyasi qurilmalarni montaj va sozlash ishlari olib borilmoqdava joriy yilning 2-choragi yakuniga qadar to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan. Shuningdek, joriy yil 3-choragi yakuniga qadar qo‘shimcha 600 mingdan ortiq portga ega GPON qurilmalariyetkazish rejalashtirilgan.

Telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish davom etmoqda. Tezlik oshib, narxlar tushirilmoqda!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq