«O‘zbektelekom» AK yangi «Uz-IX» piring tarmog’ini ishga tushirmoqda
03.05.2019
Rukn: Internet.
Muallif: .

2017-2019 yillarda Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturni amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgust «Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi 625-sonli qarorini amalga oshirish doirasida «O‘zbektelekom» AK «Uz-IX» piring tarmog‘i loyihasini yo‘lga qo‘ydi.

«O‘zbektelekom» AK «Uz-IX» piring tarmog‘ining tashkil etilishi jahonda ommabop Internet-resurslar va portallarni mahalliylashtirish, shuningdek, Internet tarmog‘iga ulanish xizmatlarining arzonlashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan yuqori sifatli milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni shakllantirish imkonini beradi.

Xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, mamlakat hududida Internet-trafikning mahalliylashtirilishi kamida 60 % ni tashkil etadi. Mazkur loyihani O‘zbekistonda amalga oshirish xalqaro Internet kanalni yuklab olishni optimallashtirish va Internet-resurslarning oqilona taqsimlanishini ta’minlashi imkonini beradi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda xorijiy kinolar, teleseriallar va boshqalar ko‘rinishidagi sifatli, litsenziyalangan media kontentni taqdim etishga imkon beruvchi ivi onlayn-kinoteatri O‘zbekistondagi eng yirik media-kontent provayderlaridan biri bo‘lgan «O‘zbektelekom» AK bilan qo‘shma loyihasi tijorat maqsadlarida foydalanishga topshirildi.

Batafsil: https://ivi.uztelecom.uz/

«Uz-IX» tarmog‘i – bu «O‘zbektelekom» AK boshqaruvidagi infratuzilma bo‘lib, unda barcha ishtirokchilar (piring hamkorlari) bir-birlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri trafik almashish imkoniyatiga egalar.

Piring tarmog‘ining ishtrokchisi Internet tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha xizmatlar (Internet-provayderlar, mobil aloqa operatorlari), xosting xizmatlari (kontent provayderlari), media-kontentga ulanish xizmatlarini taqdim etuvchi xizmat ko‘rsatish va faoliyati uhun tegishli amaldagi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs bo‘lishi mumkin.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, «Uz-IX» yangi piring tarmog‘ining tashkil etilishi amal qilib turgan «TAS-IX» piring tarmog‘ining muqobili yoki uning o‘rniga yaratilmadi. «O‘zbektelekom» AK avvalgidek «TAS-IX» NNT a’zosi va MUTO‘HM almashuv punkti foydalanuvchisidir.

«Uz-IX» tarmog‘iga ulanish masalalari va tarif rejalari bo’yicha bog’lanish uchun raqamlar: (71) 239-37-68 Nosirov Boxodir

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq