HUMO kartalarining birinchi emissiyasi: O‘zbekistonda aloqasiz to‘lov tizimiga start berildi
03.05.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yil 1-maydan boshlab Banklararo milliy protsessing markazi (BMPM) aholi uchun HUMO to‘lov tizimining kartalarini chiqara boshladi. Poytaxt aholisi HUMO kartalari orqali aloqasiz to‘lovlarni birinchilardan bo‘lib, amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Mazkur to‘lov tizimini sinash maqsadida dastlabki kartalar joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa 20ta bank xodimlari uchun chiqarilgandi. Avval xabar berilganidek, Toshkent shahrida NFC-modullari bilan jihozlangan 47 mingtadan ko‘p HUMO terminallari o‘rnatildi. Joriy yil yakuniga qadar respublikaning boshqa hududlarini qamrab olish va terminallar sonini 250 mingtagacha ko‘paytirish rejalashtirilgan. Endi Toshkent shahri va respublikaning boshqa hududlari aholisi kartani faqatgina terminalga tekkizgan holda aloqasiz va pinsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda 50 ming so‘mgacha bo‘lgan xaridlarni amalga oshirishda PIN-kodni kiritish talab etilmaydi, biroq xavfsizlik maqsadida PIN-kodi kiritilmagan holda amalga oshirilgan iikkita tranzaksiyadan keyingi to‘lovlar uchun PIN-kodni kiritish talab etiladi.

“Aloqasiz to‘lovlar mohiyati, avvalambor, uning qulaydigidadir. Bizning barcha terminallarimiz va kartalarimiz NFC-modullari bilan jihozlangan, ya’ni, iste’molchi kartani faqatgina terminalga tekkizgan holda xaridlarni amalga oshirishi mumkin. Biz xaridorlar o‘z kartalarini kassirlarga uzatib, PIN-kodini ma’lum qilishlariga qarshimiz. Axir bank kartasining birgina raqamini ma’lum qilish shaxsiy ma’lumotdan foydalanish ehtimoli demakdir. Shu munosabat bilan bizning barcha turg‘un terminallarimiz surilma klaviaturalar bilan jihozlangan bo‘lib, karta egasi uning yordamida PIN-kodni o‘zi kiritishi mumkin bo‘ladi”, — deydi BMPM direktori Shuhrat Qurbonov.

Shuningdek, BMPM direktori xabar berishicha, joriy yilning sentabr oyiga qadar 5 mln. dona karta chiqarilishi, joriy yil yakuniga qadar esa HUMO tizimi butun mamlakat uchun ommabop qilinishi rejalashtirilgan. Ish haqini o‘tkazish uchun kartalar ochish bepul amalga oshiriladi, boshqa kartalar qiymati esa har bir bankning tegishli tariflariga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa kartalar jumlasiga kredit, overdraft, kobrending kartalari va boshqalar kiradi.
HUMO kartalarini ochish uchun tizimning Toshkent shahridagi istalgan ishtirokchi-banki filialiga murojaat qilishingiz mumkin.

Banklararo milliy protsessing markazi haqidа

BMPM O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3945-sonli qaroriga muvofiq tashkil etildi.
BMPMni tashkil etishning asosiy maqsadi to‘lovlarni amalga oshirish uzluksizligini ta’minlash, innovatsion mahsulotlarni joriy qilish, bank xizmatlarining ommabopligini ta’minlash hamda to‘lov xizmatlari bozorida raqobat muhitini rivojlantirishdan iborat.

HUMO to‘lov tizimi:

— to‘lov infratuzilmasini yaxshilashga;

— xalqaro to‘lov tizimlari bilan integrallashishga;

— yagona to‘lov maydonini yaratishga;

— milliy to‘lov svitchini yaratishga qaratilgan.

HUMO Milliy to‘lov tizimi haqidagi batafsil ma’lumotni www.humocard.uz sayti orqali bilib olishingiz mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq