Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi «Onlayn-overdraft» xizmatini mukammallashtirdi
30.04.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Barcha hamkor banklarga qo‘shimcha texnik imkoniyatlar mujassamlashgan overdraft bo‘yicha xizmat turini taklif etamiz.

Endi «Onlayn-overdraft» xizmati mijozlarga tezkor tartibda taqdim etilishi mumkin. Uzcard karta egasi xizmat ko‘rsatayotgan bankga murojaat etganidan so‘ng, bankning ichki tartibiga binoan kerakli hujjatlar rasmiylashtiriladi va shu zahotiyoq ushbu xizmat turidan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Ushbu xizmat turi Uzcard karta foydalanuvchisi uchun zarur holatda overdraft-kreditdan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Jumladan, karta egasi so‘ralgan pul miqdorini karta hisobiga qabul qilib olishi va ularni Uzcard kartasi orqali zarur xarajatlarga yo‘naltirishi mumkin. Overdraft bo‘yicha qo‘shimcha funksiyalarni yaratish va joriy etishdan avval mijoz kreditdan foydalanishi uchun bankga bir kun oldin murojaat etib, hujjatlarni rasmiylashtirishi darkor edi. Hozir esa, ushbu jarayon ancha osonlashtirildi. Yangi imkoniyatlar natijasida pul mablag‘i Uzcard kartasida darhol paydo bo‘ladi.

«Onlayn-overdraft» xizmati zamonaviy talablarga binaon qator qulayliklar bilan muvofiqlashtirildi. Ushbu xizmat turi nafaqat undan foylanuvchilar, balki banklar uchun ham qulayliklardan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Endilikda, bank xodimlari Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida ushbu xizmat turiga tegishli statistikani olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Overdraft-kredit xizmatiga tegishli shartlar ushbu xizmat turidan foydalanuvchi va bank o‘rtasida tuzilgan shartnomada keltiriladi. “Onlayn-overdraft” xizmatidan foydalanishdan avval mijozlardan shartnoma shartlari bilan tanishib chiqishlarini so‘raymiz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq