Mail.ru Group, «Яндeкс», ivi.ru va «Odnoklassniki» vakillari Toshkentdagi USENET 2019 konferensiyasida qatnashadi
30.04.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

16-may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan USENET 2019 konferensiyasida Rossiyaning bir qator AT kompaniyalari vakillari, jumladan, Ekaterina Eroshenko (Mail.ru Group), Vladislav Polotskiy (IVI.ru onlayn-kinoteatri), Platon Dubinin ( «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i), Diana Shipilovalarning («Яндeкс») so‘zga chiqishi rejalashtirilmoqda.

Rossiyalik ma’ruzachilar bilan birgalikda, an’anaga ko‘ra, katta mahalliy ma’ruzachilar jamoasi, shuningdek, Qozog‘istonlik mutaxassislar: Viktor Eliseyev (Select Communication Group) va Sungat Utebulatovlarning (AIR Network in Central Asia) ishtiroki ham ko‘zda tutilgan. Konferensiyaning rasmiy sayti USENET 2019 ga kirib ma’ruzachilarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishish hamda ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Tez orada saytda tadbirning to‘liq dasturi taqdim etiladi.

Konferensiya O‘zbekistonning yetakchi media agentligi Ledokol Group tomonidan tashkil etilgan. USENET 2019 ning Bosh homiysi Beeline Uzbekistan kompaniyasi. Bosh axborot hamkori O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi. Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida tashkil etilmoqda. Tadbir homiylari: «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i, Click mobil banking tarmog‘i, Uzcard, Mirzo Ulugbek Innovation Center. Konferensiyaning rasmiy avtomobili LADA, rasmiy ichimligi – CafePHO.

USENET – O‘zbekistonda har yili tashkil etiluvchi yagona internet-konferensiyai sanalib, u bir sahnada 20dan ortiq mahalliy va xalqaro ekpertlarni birlashtiradi. Konferensiya 2011-yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinadi.

Konferensiyada tinglovchi sifatida qatnashish bepul: uning elektron chiptasi konferensiyaning rasmiy Telegram-kanali: @Usenet2019 da bir necha kun oldin e’lon qilinadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq