«Beeline» O‘zbekiston bo‘ylab 70ga yaqin yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirdi
30.04.2019
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg’ona va Xorazm viloyatlarida 70ga yaqin yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirildi.
“Beeline” Andijon, Buxoro, Jizzax, Jomboy, Qarshi, Qo’qon, Marg’ilon Navoiy, Namangan, Paxtaobod, Samarqand, Xo’jand, Chiroqchi va Shaxrisabz shaharlarda tarmoqni kengaytirdi. Bundan tashqari, respublikaning bir qator tuman va qishloqlarda ham qo’shimcha tayanch stansiyalari o’rnatildi.
«Bizning maqsadimiz abonentlarga yuqori tezlikdagi mobil Internet imkoniyatlarini taqdim etishdir. Yuqori tezlikdagi Internetga bo’lgan talabning ortib borayotganini kuzatmoqdamiz, mijozlarimiz aloqa jarayoniga tobora ko’proq jalb qilinmoqda va axborot oqimlarini kuzatishmoqda. Biz respublikaning eng chekka nuqtalarini ham yuqori sifatli aloqa bilan ta’minlash maqsadida texnologiyalarga sarmoya kiritishga tayyormiz”, — dedi “Unitel”ning texnik direktori Yevgeniy Klyuchev.
Manba: kompaniya press-relizi