Ustozlar ibratini olgan shogirdlar
29.04.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Bilim olgan kam bo‘lmaydi deydi dono xalqimiz. Bilim bu dunyoni tanish, ilm-fan ichiga kirib borish, xalqimizga va Vatanimizga sodiq xizmat qilish demakdir. Har bir inson o‘z hayoti davomida orzu-umidlar qiladi, yaxshi bilim olish va yaxshi yashash, o‘zidan keyin farzandlariga, suyukli nabiralariga va Vataniga yaxshi nom qoldirish, ilm-fanga hissa qo‘shish va kelajakda yoshlar uchun ilmu fan zaminini qoldirsam deb umid qiladi.

Markaziy Osiyoda yuqori darajadagi bilim maskani, o‘zining ulkan yutuqlari va nufuzi bilan tanilgan Oliy ta’lim muassasalaridan biri Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hisoblanadi. Boy tajriba va salohiyatiga ega bo‘lgan ushbu bilim maskani 1955-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda Respublikamizning telekommunikatsiya sohasiga minglab mutaxassislarni tayyorlagan va eng ilg‘or texnika va texnologiyalarni soha tizimiga kiritishda, yangi pedagogik texnologiyalar asosida talabalarga bilim berishda yetakchi bilim maskani bo‘lib kelmoqda.

Hozirgi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida sakkizta fakultetda 14 ta yo‘nalish bo‘yicha bakalavr ta’lim yo‘nalishida, oltita magistrlik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalarga bilim berib kelinmoqda, universitetda ushbu ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 8 minga yaqin talabalar bilim olib kelmoqda. Universitetsitet salohiyati ulkan tajribaga ega bo‘lib Markaziy Osiyoda yetakchi Oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Ushbu ilm dargohida yetuk professorlar, olimlar, fan nomzodlari va mutaxassislar dars berib kelganlar.
Mazkur ilm dargohini 1984-yilda tugatgan bitiruvchilarga quyidagi ulug‘ ustozlar ilmu fandan dars berganlar: professorlar Aripov M. N., Son V. M., dotsentlar Zohidov M. Sh., Ismoilov M. I., Askarova S. B., Sultonov I. S., Jo‘rayev M. J., Allayev E. X., Primkulov Sh. P., Ergashev B. B., Shashkov M. S. va boshqalarning nomlarini hurmat va ehtirom bilan tilga olamiz:.

Hozirgi kunda hurmatli ustozlardan: akademik Abdullayev J. A., professor Isayev R. I., dotsentlar Mirzayev A. N., Xodjayev N. S. va boshqalarni yoshlarga ta’lim-tarbiya berib va faol pedagogik faoliyat yuritmoqdalar.

Toshkent elektrotexnika institutini (hozirgi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axbort texnologiyalari universiteti) 1979-yilda o‘qishga kirib, 1984-yilda muvaffaqiyatli tugatgan, hozirda Vatanim sarhadlarida o‘zinig fidokorona mehnatlari bilan tanilgan, ko‘p yillik mehnatlari Davlatimiz tomonidan e’tiborga olingan, ilm-fanda o‘z bilimlarini Vatanimizga tanitgan va telekommunikatsiya sohasida ko‘p yillik mehnatlari bilan bir nechta unvonlarga sazovar bo‘lgan kursdosh do‘stlarning uchrashuvi 2019-yilning 20-aprel kuni Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvga Respublikamizda telekommunikatsiya sohasida, Oliy ta’lim muassasalarida, harbiy sohada, xususiy tadbirkorlikda, pedagogikada, ishlab chiqarishda faol mehnat qilib kelayotgan 50 dan ziyod bitiruvchilar kelishdi. Uchrashuvga kelgan bitiruvchilar Respublikamizda o‘zlarining faol xizmatlari, ulkan tajribalari bilan tanilgan yetuk mutaxassislar bo‘lib Vatanimiz ravnaqi uchun tinmay mehnat qilayotgan, hozirgi kunda o‘zining boy amaliy tajribasi bilan yoshlarga o‘rnak bo‘layotsan aziz insonlardir.

Uchrashuvga kelgan bitiruvchilar universitetning hozirgi hayoti, ilm-fandagi yutuqlari, yangi texnika texnologiyalar, yangi fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlari bilan tanishdilar va o‘zlarining yaxshi fikr- mulohazalarini bildirdilar. Bundan 40 yil oldin ta’lim maskani oldida esdalik fotosuratlariga tushdilar va ustozlarga ta’zim bajo keltirib, universitet rahbariyatiga, professor-o‘qituvchilr tarkibiga ulkan zafarlar va muvaffaqyatlar, yaxshi niyatlar va istaklar bildirishdi.

Shundan keyin bitiruvchilar, alohida ajratilgan avtoulov yordamida Toshkent shahridagi nufuzi yuqori darajada bo‘lgan diniy dargoh “OQ MASJID” ga tashrif buyurdilar. Bu diniy dargohda birgalikda bilim olishgan, lekin hozirgi kunda hayotdan ko‘z yumgan aziz kursdosh do‘stlar ruhi poklariga bag‘ishlab quron tilovatlar qilindi, ularning yaxshi amallari va birga yurgan yillari, bilim, hayotiy fazilatlari esga olindi. “OQ MASJID” poyonida Esdalik fotosuratlarga tushildi.

Bitiruvchilarning keyingi manzili Mustaqilligimiz asoschisi O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning tarixiy muzeyi bo‘ldi. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning mehnat faolyatini aks ettiruvchi “OQ SAROY” o‘zining hashamatli nufuzi va chiroyi bilan ajralib turar edi. Bitiruvchilar “OQ SAROY” oldidagi qad ko‘targan birinchi Prezident haykali poyiga gullar qo‘yib, hurmat-ehtirom bildirdilar.

Shundan so‘ng Islom Karimovning hayotini, mehnat faoliyatini aks ettiruvchi muzeyga tashrif buyurdilar, muzeyda O‘zbekistonning birinchi Prezidenti tug‘ilib o‘sgan maskan, oilasi, mehnat faoliyatidan hikoya qiluvchi ko‘plab ma’lumotlar, Vatan oldidagi buyuk xizmatlari uchun berilgan bir qancha orden va medallar va boshqalar joy olgan.

Bitiruvchilar birinchi Prezident muzeyidan katta taassurotlar olgan holda tashrif buyuruvchilar kitobiga, katta ehtirom bilan, esdalik yozuvlarini qoldirdilar.

Shundan keyin tashkilotchilar uzoq va yaqindan kelgan bitiruvchilarni bir piyola choyga taklif qildilar, do‘stlar uchun yozilgan dasturxon atrofida do‘stona suhbat va o‘yin-kulgilar bilan bitiruvchilar tantanasi uzoq vaqt davom etdi.

Bitiruvchilarning uchrashuvi esdalik fotosuratlari va yaxshi tilaklar, keyingi uchrashuvlar rejalashtirilgan holda tugadi.

1-rasm. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oldidа

2-rasm. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oldida

3-rasm. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning “OQ SAROY” olidagi haykali oldida

4-rasm. “ОQ MASJID” ga kirish oldida

Uchrashuvda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kafedrasi mudiri dotsent S. Parsiyev ishtirok etdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq