O‘zRTXB AJ «Russia Smart Innovation» Toshkent biznes-forumida ishtirok etdi
29.04.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yil 24-26 aprel kunlarida Toshkentda «EXPO-RUSSIA UZBEKISTAN 2019» ikkinchi xalqaro rossiya-o‘zbekiston sanoat ko‘rgazmasi va «Russia Smart Innovation» Toshkent biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Rossiya eksport markazi va «Zarubej-Ekspo» aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda tashkillashtirildi.

Rossiya Federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarining turli hududlaridan 400 dan ziyod kompaniyalari ko‘rgazmada ishtirok etishdi. Ko‘rgazmada sanoatning turli tarmoqlari, shu jumladan, energetika, neft va gaz, mashinasozlik, metallurgiya, qurilish, innovatsion texnologiyalari virtual reallik, transport, telekommunikatsiya va aloqa, agrosanoat kompleksi, kimyo sanoati, tibbiyot va farmatsevtika, ta’lim va fan namoyon etildi.

Biznes Forum dasturida tematik davra suhbatlari, ixtisoslashtirilgan raqamli iqtisod, mintaqalararo hamkorlik, axborot xavfsizligi, “raqamli hukumat”, “oqilona shahar” texnologiyalari, transportda raqamli yechimlar bo‘yicha panel sessiyalari o‘tkazildi.

“O‘zRTXB” AJ rahbariyati va mutaxassislari ham mazkur biznes-forumda faol ishtirok etdilar. Raqamli iqtisod bo‘yicha o‘tkazilgan panel sessiyasida “O‘zRTXB” AJ Boshqaruv Raisi Faroxidin Ibragimov birja faoliyatida innovatsion yechimlarni joriy etishga bag‘ishlangan ma’ruza bilan so‘zga chiqdi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, birja texnologiyalari tranzaksiyalar xarajatlarini qisqartirish, ularning shaffofligini ta’minlash hamda ko‘plab sotuvchi va xaridorlarni jalb qilish evaziga tovar bozorlarida sof raqobat muhitini yaratish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari, birjaning xorijiy savdo maydonchalar tarmog‘i orqali tadbirkorlar va tovar ishlab chiqaruvchilar birja savdolari va elektron tijoratning keng imkoniyatlaridan foydalangan holda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarining tovar bozorlarida erkin ishtirok etish mumkin.

Birja rahbarining ma’ruzasi yakunlanishi bilan forum ishtirokchilariga O‘zbekiston birjasi faoliyati to‘g‘risida prezentatsion videorolik namoyon etildи.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq