XIII Xalqaro konferensiya doirasida xorijiy axborot resurslari ma’lumotlar bazalari va tizimlar bilan ishlash asoslariga bag‘ishlangan mahorat darslari
26.04.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2019-yil 25-aprel kuni “Central Asia – 2019. FAN, TA’LIM, MADANIYaT VA BIZNESDA INTERNET VA AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI” XIII Xalqaro konferensiyasi doirasida xorijiy axborot resurslari ma’lumotlar bazalari va tizimlar bilan ishlash asoslariga bag‘ishlangan mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. Ularda axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Mahorat darslarining maqsadi − ilmiy-ta’limiy ma’lumotlari bazalaridan foydalanish bo‘yicha axborot berish, shuningdek, tashkilotlarning jamoaviy obuna bo‘lish doirasida ma’lumotlar bazalaridan foydalanish statistikasini taqdim qilishdan iborat.

Respublikaning intellektual salohiyati rivojlanishida milliy ilmiy kadrlarni tayyorlash bo‘yicha bosqichma-bosqich va muntazam ishlar, jahon ilm-fani umumiy yo‘nalishlari va tendensiyalariga muvofiq fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limda himoya qilish va fan doktori ilmiy darajasini berish tizimining joriy qilinishi ilmiy maqolalar sifatiga qo‘shimcha talablarni, yuqori reytingli jurnallarda chop ettirish zaruriyatini, muvofiq mavzular bo‘yicha jahon tadqiqotlarini tahlil qilishni yuklaydi. Yetakchi rivojlangan mamlakatlar xorijiy universitetlari va ilmiy markazlarining tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ilmiy resurslardan samarali foydalanish sifatli ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari, shuningdek, o‘quv muassasalarida ta’lim berish darajasining o‘sishi va bilimlarni o‘zlashtirishning muhim omili hisoblanadi. Jahon ma’lumotlar bazalaridan mukammal foydalanishni ta’minlash, zarur axborot resurslarini samarali qidirishning mustaqkam ko‘nikmalarini shakllantirish, yetakchi ilmiy jurnallarda chop ettirish mamlakatimiz ilm-fani va ta’limi rivojining eng muhim omilidir.

Mahorat darslarida “ProQuest Dissertations & Theses ma’lumot bazasidan ilmiy-tadqiqot faoliyati va ta’limda foydalanish” mavzusida Rossiyaning “METEK” AJ/ProQuest kompaniyasi elektron resurslar bo‘limi direktori A.Lipenskiy, “Ilmiy tadqiqot olib borishda Springerlink platformasidan foydalanish” mavzusida Springer nashriyotining O‘rta Osiyo bo‘yicha litsenzion menejer I.Aleksandrova, “EastView ma’lumotlar bazasidan tadqiqot va o‘quv ishlarini olib borish maqsadida foydalanish” mavzusida “IVIS EastView” MChJ marketing va sotish bo‘yicha direktori D.Ushanov, “Ilmiy tadqiqotlar uchun Emerald Publishing elektron resurslari” mavzusida Emerald Publishing nashriyotining O‘rta Osiyo bo‘yicha litsenzion menedjeri Mine Tonta, “EBSCO Information Services to‘liq matnli ma’lumotlar bazalari va elektron kitoblar bilan ishlash” va “E-line Press” loyihalari O‘zbekiston olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlarida yordam berish mavzusida OOO “E-LINE PRESS” kompaniyasi menedjeri N.Pazilova, “Clarivate Analytics: ilmiy-tahliliy resurslar O‘zbekiston olimlari uchun” mavzusida Clarivate Analytics kompaniyasining Markaziy Osiyo mintaqasidagi rasmiy vakili L.Mukyashevalar konferensiya ishtirokchilariga maslaxatlar va amaliy tavsiyalar berdilar.

Mutaxassislar o‘z kompaniyalari maqsadlari va vazifalari bilan tanishtirishdi. Ular ilmiy-ta’limiy bazalar va ularda mavjud resurslarga bepul kirish imkoniyatini beruvchi ko‘makchilar, zarur axborot resursini tezkorlik bilan topish, ularni yuklab olish va to‘la matnda o‘qish imkoniyatini berishi, shuningdek, tadqiqotchilar uchun mavjud qulayliklar, yetakchi ilmiy jurnallar va ilmiy to‘plamlar haqida gapirib berdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq