«O‘zbektelekom» AK yirik ivi onlayn-kinoteatri bilan hamkorlikda loyihani yo’lga qo’ydi
26.04.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

«O‘zbektelekom» AK Rossiyaning ivi VoD-servisi bilan hamkorlikda keng miqyosli katalogiga obuna bo‘lish orqali, 70 mingdan ortiq a’lo sifatli film, multfilm va seriallarini O‘zbekiston aholisi uchun istalgan qulay qurilmada tomosha qilish imkoniyatiga ega, mamlakatimiz hududi uchun https://ivi.uztelecom.uz – onlayn-kinoteatr loyihasini ishga tushirdi. Endi «O‘zbektelekom» AK abonentlari ma’lumotlar kartasini kiritmasdan, shaxsiy kabinet orqali boshqa xizmatlar qatorida onlayn-kinoteatr obunasi to‘lovini amalga oshirishlari mumkin. Ulanish bir tugmani bosish bilan amalga oshiriladi: abonentlardan faqat mobil telefoni raqami va «O‘zbektelekom» tarmog‘idagi hisob raqami talab etiladi.

«Biz O‘zbekistonning yirik telekommunikatsiya operatori bilan hamkorlikni e’lon qilishdan mamnunmiz, endi Kompaniya abonentlari yirik filmotekaga ulanishlari mumkin bo‘ldi, uning tarkibida jahon kinematografiyasi durdonalari, sevimli va mashhur kinokartinalar, shuningdek, so‘nggi yillardagi keng qamrovli yangi asarlar mavjud, — deydi ivi onlayn-kinoteatri xalqaro rivojlantirish bo‘yicha direktori, Artem Egorenkov. – Bundan tashqari, abonentlar uchun qulay usulda «O‘zbektelekom» AK orqali bir tugmani bosish bilan, obunaga to‘lovni amalga oshirish mumkin, yoqib qolgan filmlarni esa bevosita ilovada yoki ivi saytida tomosha qilish mumkin. Biz mintaqada huquqiy kino namoyishlari bozorini rivojlantirish juda muhim, deb hisoblaymiz va bu hamkorlik mazkur murakkab yo‘lda qo‘yilgan ilk qadamdir.

«Mazkur loyihani amalga oshirishda biz eng avvalo, abonentlarimiz manfaatlari haqida g‘amxo‘rlik qildik, — deydi «O‘zbektelekom» AK tijorat direktori v.v.b. Alisher Zufarov – Bugungi kunda biz yuqori tezlikdagi va limitsiz tariflarni taqdim etmoqdamiz, shuning uchun internet foydalanuvchilarimiz uchun qonuniy, qiziqarli va boy mazmunli kontent har doim zarur bo‘ladi. Tejamkor tariflardan foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha bonuslar tariqasida — UZONLINE abonentlariga ivi onlayn-kinoteatrida kontentni tomosha qilishda trafik sarflanmasligini taqdim etdik.

Yangi loyiha obunasi qulay narxlarda – Uzonline abonentlari uchun dastlabki 6 oy mobaynida oyiga 10 000 so‘mni tashkil etadi.

Batafsil ma’lumotlar: https://ivi.uztelecom.uz saytida.

IVI – oyiga 48 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega bo‘lgan eng yirik onlayn-kinoteatrdir. Har oy foydalanuvchilar ivi onlayn-kinoteatrida 70 million soatdan ortiq vaqt o‘tkazadilar va 250 milliondan ziyod video tomosha qiladilar. Ivi onlayn-kinoteatrida filmlar, multfilmlar va seriallarning keng katalogi taqdim etiladi. Onlayn-kinoteatr filmotekasi jami 70 mingdan ziyod kontentga ega – bularning barchasi 6 ta meyjor studiyalarning kinokartinalari, shuningdek 400ta dan ortiq Yevropa va Rossiyadan mustaqil kino ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlaridir. Ivi onlayn-kinoteatrini butun dunyoda va MDH mamlakatlarida, ko‘plab sonli qurilmalarda – Smart TV, web, Android, iOS, o‘yin pristavkalari orqali tomosha qilish mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq