O‘zbekistonda kontaktsiz to‘lovlar davri boshlandi
26.04.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Xavfsiz va tezkor to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi (YaUPM) PAX SP20 V4 qo‘shimcha uskunalarga tegishli test ishlarini yakunladi. Bir necha oylar davomida kompaniyamiz tomonidan Uzcard terminal tarmog‘ida PIN-Pad masofali qurilmaga tegishli xavfsizlikni ta’minlash ishlari samarali olib borildi.

Xavfsizlikni ta’minlash talablariga binoan, karta PIN-kodini kiritish yoki qurilmaga tekkizish yo‘li orqali to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida karta foydalanuvchisi ixtiyoriga PIN-qurilma taqdim etilishi darkor. PAX 20 gibridli apparatlarga tegishli turlardan biri hisoblanadi. Xaridor mustaqil ravishda kartani joylashtirishi, PIN-kodini kiritishi, to‘lovni amalga oshirishi va ushbu apparat orqali chiqarilgan chekni qabul qilib olishi mumkin.
PAX SP20 V4 “Xalqaro to‘lov tizimi” dasturiy ta’minoti bilan integratsiya qilingan bo‘lib, bu, o‘z navbatida, amaldagi POS-terminallarning NFC texnologiyalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini bildiradi. Hozirda kompaniya tomonidan 50 mingdan ortiq POS-terminallar innovatsion to‘lov turini qo‘llab-quvvatlamoqda. Shuningdek, Uzcard terminal tarmog‘idagi qolgan POS-terminallarning dasturiy ta’minoti va ularga biriktirilgan masofali qurilmalar o‘rnatilmoqda.

Hozirda Uzcard mahalliy kartalari faqat chip orqali to‘lovlarni qo‘llab-quvvatlaydi, biroq yaqin kelajakda NFC texnologiyalari («Near field communication» — 10 santimetr masofada joylashgan, o‘zaro qurilmalar orqali ma’lumotlar almashinuvi amalga oshiriladigan qisqa masofali radiusga mo‘ljallangan simsiz texnologiya) yordamida ham xaridlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Ushbu qurilmani joylashtirgan savdo nuqtalari egalari kontaktsiz interfeysga ega xalqaro, kobeydjing kartalariga, shuningdek, mahalliy Uzcard kartalariga xizmat ko‘rsatish va xavfsizlik talablariga javob berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu PIN-Pad xalqaro PIN-Security talablariga javob beradi. O‘z navbatida, qurilma unga kiritilgan raqamlarni eslab qolmasligi tufayli, karta egalari ishonch bilan PIN-kodni kiritishlari yoki qurilmaga yaqin keltirish yo‘li orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Uzcard terminal tarmog‘ida ilk bor ushbu to‘lov turi joriy etildi. Bir qator savdo nuqtalari mijozlarga innovatsion yechimlardan biri hisoblanadigan, QR-kod orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadilar. Jumladan, mamlakat bo‘ylab kontaktsiz to‘lovlarni (NFC) qabul qiluvchi bank terminallari xavfsizligini ta’minlash maqsadida kompaniyamiz tomonidan qator choralar ko‘rildi va loyihalar amalga oshirildi. Misol uchun, maxsus loyiha bo‘yicha UnionPay-Uzcard kobeydjing kartalari yordamida bir necha yo‘llar orqali to‘lovlarni o‘tkazish mumkin:

— chip;

— magnit chizig‘i;

— NFC texnologiya orqali.

Amalga oshiriluvchi choralar qatorida, Uzcard banklararo to‘lov tizimining tarminal tarmog‘ini savdo nuqtalari egalari uchun daromad olib keluvchi va xavfsizlikka javob beruvchi qo‘shimcha qurilmalar bilan jihozlash asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

PAX SP20 V4 qurilmasi joylashtirilgan «korzinka.uz» do‘konlar tarmog‘ining manzilini e’tiboringizga havola etamiz:

— uz – Abay. / Abay ko‘chasi, 13. Mo‘ljal: Yosh tomoshabinlar teatri.

— uz – Turkmenskiy. / Yu.X.Xojib ko‘chasi, 1A. Mo‘ljal: Sobiq Turkman bozori, IIV.

— uz – Shedevr. / Markaz 4 , Navoiy ko‘chasi, 11b. Mo‘ljal: Milliy kutubxona.

— uz – Azimova. / Sodiq Azimov ko‘chasi, 81. Mo‘ljal: IIBB, “Efendi” kafesi.

— uz – Salom./ Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 158A. Mo‘ljal: “Salom” restorani.

PAX SP20 V4 qurilmasini savdo nuqtalariga joylashtirishga tegishli ma’lumot uchun savdo nuqtasiga xizmat ko‘rsatayotgan bank bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Union Pay-Uzcard kobeydjing kartalariga tegishli batafsil ma’lumot bilan quyidagi internet manzili orqali tanishishingiz mumkin: https://uzcard.uz/press_release/na-dnyah-bylo-podpisano-dvustoronnee-soglashenie-mezhdu-uzcard-i-unionpay-international/

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq