IT Women’s Gap: afsonalarni bekor qilamiz
25.04.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yil 23-aprel kuni “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ko‘magida Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi direksiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “IT Women’s Gap” forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum axborot texnologiyalari (IT) sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor-ayollar hamda ushbu kelajak kasbini tanlagan qizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun, ijtimoiy stereotiplarni o‘zgartirish, IT sohasiga jalb etilgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, bu sohada o‘z kasbini tanlagan qizlarni ruhlantirish vositasi sifatida va umuman organda, xotin-qizlar IT-tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” yillik hisobotida O‘zbekiston gender tengligi indeksida 127-o‘rinni egallab, 70 ball to‘pladi. Bu MDHning barcha davlatlari orasida eng past ko‘rsatkichdir. Tengsizliklar, ayniqsa, mehnat sohasida seziladi. IT – ayollar soni nihoyatda kam bo‘lgan sohalardan biri. Bunday sezilarli tengsizlik, qisman, texnik mutaxassisliklar ayollar uchun emas degan stereotipga bog‘liq.

Forumda O‘zbekistonda gender tengligi mavzularini ko‘tarib, biznesdagi ayollar kompaniya uchun foyda ekanligini ko‘rsatib bergan ma’ruzachilar so‘zga chiqdilar, shuningdek, erkak va ayollar o‘rtasida ijtimoiy rollarning taqsimlanish masalalari, O‘zbekistonda IT-industriyasining ayrim muammoli tomonlari va hozirgi vaziyatni o‘zgartirish yo‘llari muhokama etildi.

So‘zga chiqqan ma’ruzachilar – taniqli IT sohasi mutaxassislari, xalqaro dasturlar stipendiantlari va tadbirkor ayollar o‘rtasida xalqaro tanlovlar g‘oliblari, islohotchilar, boshqa mamlakatlardan taklif etilgan ekspertlar, yirik biznes rahbarlari, startap yaratuvchilari, sertifikatlangan biznes-maslahatchilar va boshqalar.

Forumda so‘zga chiqqanlar:

— “Method Digital Education” dasturlash maktabining direktori Dosmaxambet Ayna “Ayol kishiga “work-life balance”(ish va shaxsiy hayot muvozanati)ni o‘rnatish uchun IT qanday qilib yordam beradi” mavzusida ma’ruza qildi;

— Yelena Seleznyova, StartupFactory.uz akseleratorining direktori “Technovation Uzbekistan – O‘zbekistonda qizlar uchun xalqaro texnologiya tanlovining mahalliylashtirish dasturi” doirasida qizlar uchun IT sohasida o‘quv dasturlari haqida so‘zlab berdi;

— Shohista Rahimova, Al-Beruniy maktabining loyihalar menejeri, “Qizlar uchun maktab” nomli ma’ruzasi bilan chiqib, o‘g‘il bolalardan alohida ta’lim olish ko‘plab intellektual sohalarda qizlarning muvvafaqiyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini hamda Toshkentdagi yangi “Al-Beruniy” maktabida ishlash tajribasi, o‘qitish usullari va tamoyillari bilan o‘rtoqlashdi;

— Al-Beruniy maktabida ikki tilli o‘qituvchi Katerina Altundal STEM ta’lim tizimiga bag‘ishlangan taqdimotni namoyish qildi;

— Adel Shamgunova, shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi ijroiya qo‘mitasi rahbari, “ITda loyiha boshqaruvi” mavzusida ma’ruza qilib, IT sohasida o‘zining ayol rahbar tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, IT sohasida loyiha menejerlari hamda bu sohani tanlashni istaganlar uchun qimmatli maslahatlar berdi;

— Dana Narmanova, EY Kz katta menejeri, jahon tajribasi bilan boyitilgan “IT sohasida ayollar” ma’ruzasida IT-biznesida ayollar – zaruriyat ekanligini yaqqol ko‘rsatib berdi, modomiki ular butun jamoa ishini optimallashtirgan holda mehnat samaradorligini oshiradilar;

— Tanzilya Yakshimbetova, “SilentNotary”da iOS dasturchi, o‘zining “IT sohasida karyera. Techwomen tajribasi. do.IT.women loyihasi” nomli ma’ruzasida o‘zining IT sohasidagi murakkab yo‘li haqida gapirib berdi va yuqori texnologiyalar dunyosini tanlangan qizlarga o‘zi duch kelgan qiyinchiliklarga uchramaslik uchun qanday yordam berishga harakat qilayotganligini aytib berdi;

Shundan so‘ng IT Women’s gap forumi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, ta’lim masalalari, texnologiyalarning hayotimizga ta’siri, O‘zbekistonda IT-industriyasi, zamonaviy dunyoda ayollarning o‘rni va boshqalar muhokama qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq