Toshkentda Tashkent Law Spring yuridik forumi bo‘lib o‘tadi
24.04.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yilning 25 – 27 aprel kunlari Toshkent shahrida Tashkent Law Spring xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tadi.
Keng ko‘lamli tadbir O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan. Forumda davlat organlari, xalqaro, milliy va xorijiy yuridik va konsalting tashkilotlari, ilmiy va ekspert doiralari vakillari jadal modernizatsiya davrida huquqni rivojlantirishning so‘nggi tendensiyalarini muhokama qiladilar, zamonaviy yuridik fan hamda amaliyotning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashadilar.

Forum doirasida bir nechta mavzuga oid muhokamalar sessiyalari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, ulardan birida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi rahbariyati moderator sifatida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, forumning ikkinchi kunida bo‘lib o‘tadigan “Raqamli iqtisodiyot” mavzusidagi sessiyada quyidagi xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirok etadi:

1. Nishith Madanlal Desai – bosh qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan xalqaro yuridik kompaniyasining asoschisi va a’zosi, “Huquq va yangi texnologiyalarning o‘zaro hamkorligi” mavzusi bilan;

2. Rahmad Sobirov–Kanadaning Toronto shahridagi “SOBIROVS LAW FIRM”ning boshqaruvchi sherigi, “3.0 yuridik firmasi: Yuridik xizmatlarning raqamlashtirilishi” mavzusi bilan;

3. Maksim Bashkatov – Rossiya Federatsiyasining xalqaro va qiyosiy-huquqiy tadqiqotlar markazining xalqaro shaxsiy huquq va qiyosiy huquqshunoslik tadqiqotlari bo‘yicha direktori, “Raqamli shartnomalar va raqamli valyuta: shartnomaviy huquq amaliyotda” mavzusi bilan;

4. Yuliya Solomaxinа – bosh qarorgohi Nyu-York shahrida joylashgan Cleary Gottlieb Steen & Hamilton LLC xalqaro yuridik firmasining sherigi, “Yangi iqtisodiy sharoitlarda yirik ma’lumotlarni tartibga solish” mavzusi bilan;

5. Jaideep Reddy –ilg‘or texnologiyalari, jumladan, kripto-aktivlar, blokcheyn texnologiyalari, maxfiylik va kiberxavfsizlik va ularning qonunchilik bilan o‘zaro munosabatlari bo‘yicha xalqaro huquqshunos, “Kripto-aktivlarga alohida urg‘u bergan holda muvaffaqiyatli milliy blokcheyn-ekotizimni qurish” mavzusi bilan;

6. Sergey Аlexin – Willkie Farr & Gallagher (Parij byurosi) xalqaro yuridik firmasida huquqshunos (tijorat arbitraji): “Smart-shartnomalar va blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq nizolarni hal etish” mavzusi bilan;

7. Ikromjon Nasrullayev – Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabining loyiha boshqaruvi kafedrasi, “Raqamli transformatsiya doirasida Adliya vazirligining xizmatlarini raqamlashtirish” mavzusi bilan;

8. Hafizov Alisher – Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazining rezidentlarini qo‘llab-quvvatlash va monitoring qilib borish sektorining rahbari, “Axborot texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi” mavzusi bilan.

Forumni o‘tkazish vaqti: 2019-yil 26-aprel, 10:00dan 12:00gacha;

Forumni o‘tkazish joyi: “O‘zekspomarkaz” MKKning Kongress xolli.

Zal 100 o‘ringa mo‘ljallangan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq