Оliy o‘quv yurtlariga kirish uchun arizalarni onlayn tarzda berish mumkin bo‘ladi
24.04.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirishda abituriyentlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi “UZINFOCOM” yagona integratori bilan hamkorlikda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (www.my.gov.uz) orqali onlayn rejimda Oliy ta’lim muassasalariga ariza berish xizmatini joriy etish ishlari yakuniga yetmoqda.

Xizmatning joriy etish navbat kutishdan ozod qiladi, abituriyentlarning vaqtini tejaydi va moliyaviy xarajatlarini qisqartiradi (masalan, Nukus shahridan abituriyent hujjatlarni taqdim etish uchun shaxsan Toshkentga kelishi talab etilmaydi), ularga test sinovlarida ishtirok etishga ariza berish uchun qulay, tezkor va ishonchli mexanizmni taqdim etadi.

Yagona portalda xizmatning quyidagi qulayliklarini ta’kidlab o‘tish joiz:

1. Abituriyentning shaxsiy ma’lumotlarini to‘ldirish idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etish orqali avtomatik rejimda amalga oshiriladi.

2. Abituriyentga bir vaqtning o‘zida 3ta oliy ta’lim muassasasiga ariza topshirish imkoni beriladi, bunda Yagona portal ikkinchi va uchinchi ta’lim muassasasini va ta’lim yo‘nalishini avtomatik tarzda taklif etadi, bu, o‘z navbatida, oliy o‘quv yurtini va ta’lim yo‘nalishini tanlash uchun sarflanadigan vaqtni tejaydi.

3. Shuningdek, abituriyent test sinovlaridan o‘tish uchun mustaqil ravishda joy tanlash imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

Yagona portalda (my.gov.uz) interfaol xizmatni ishga tushirish tegishli jarayonni tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjat tasdiqlanishidan so‘ng amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur xizmat ishga tushirilganidan keyin mamlakat OTMlariga kirish uchun onlayn tarzda ariza berish bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma e’lon qilinadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq