Raqamli sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi
22.04.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

19-aprel kuni Koreya Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga tashrifi doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi va Inha universiteti gospitali oʻrtasida raqamli sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.

Teletibbiyot boʻyicha “Digital Health Care” loyihasining maqsadi Koreya Respublikasi tajribasi asosida Oʻzbekiston Respublikasida raqamli sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirishdir. Jumladan, aloqaning telekommunikatsiya kanallari orqali tibbyot maʼlumotlarini uzatish yoʻli bilan teletibbiyot konsultatsiyalarini amalga oshirishdir. Konsultatsiyalar “alohida vaqt” hamda real vaqt rejimida oʻtkazilishi mumkin.

Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida Oʻzbekistonda tibbiyot xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha biznes jarayonlarni optimallashtirish (qulaylashtirish)ga erishiladi. Turli kasalliklar boʻyicha diagnozlar qoʻyish jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish va Koreya Respublikasi tajribasi asosida masofaviy konsultatsiyalar taqdim etish nazarda tutilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq