YAUPM (Uzcard) nufuzli International Star for Leadership mukofoti bilan taqdirlandi
20.04.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi (YAUPM) innovatsiya va sifat uchun Gold toifasida nufuzli International Star for Leadership mukofotiga ega bo‘ldi.

Taqdirlash marosimi 14-aprel kuni Jenevada o‘tkazildi. Mazkur mukofot QC100 va BID Quality standartlariga muvofiqlikni tasdiqlaydi.

QC100 sifatning umumiy boshqaruvi modeli dunyoning 100dan ortiq mamlakatlarida foydalaniladi. Ayni modelning tuzilmasi kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi va tashqi agentlarning barcha tarkibiy qismlari o‘rtasida samarali muloqot o‘rnatish uchun mo‘ljallangan Business Initiative Directions (BID) tomonidan ishlab chiqilgan. Har yili BID shafe’ligida sifat masalasi bilan bog‘liq 7ta anjuman tashkil etiladi. BIDning asosiy maqsadi butun dunyodagi kompaniya va tashkilotlarning sifat sohasidagi xizmatlarini tan olish, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab sifat madaniyatini targ‘ib qilishdir.
International Star for Leadership in Quality Award (ISAQ) mukofoti sifat madaniyatini targ‘ib qilishda kompaniya va tashkilotlar rahbarlarining xizmatlarini, shuningdek, QC 100 mezonlariga qat’iy rioya etilishini tasdiqlaydi. Ushbu mukofot kompaniyaning sifat istagini ifodalaydi va boshqaruv strategiyasi bo‘lgan QC100 sifat modeli mezonlarini baholash asosida beriladi. Sertifikatlash BID konvensiyasi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, u butun dunyo bo‘ylab xususiy va jamoat tashkilotlarining sifat madaniyati tamoyillarini tarqatish bilan shug‘ullanadi.
O‘z navbatida, YAUPM ushbu sertifikatning sohibi sifatida QC100 universal sifat menejmenti modeliga tayanib, xodimlar, ta’minotchilar va mijozlar orasida sifat madaniyatini joriy etib kelmoqda. YAUPM tomonidan xodimlar, ta’minotchilar va mijozlar orasida joriy etilgan sifat madaniyati quyidagi prinsiplarga rioya qilishni nazarda tutadi:

— mijozlar ehtiyojini qondirish darajasini aniqlash va korxona faoliyatining ijobiy natijalariga erishish;

— QC100 modeli bo‘yicha 100 sifat bo‘limiga muvofiq belgilangan sifat darajasiga erishish;

— Mas’uliyatli qarorlar qabul qilishda jamoaviy sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash;

— mijozlarning ehtiyojlarini qondirish va ularning talablarini qondirish istagi;

— doimiy taraqqiyotga erishish uchun kadrlar, texnik va iqtisodiy zahiralarni jalb qilish;

— kadrlar zahirasini ularning malakasi darajasiga ko‘ra taqsimlash;

— a’lo natijalarga erishish uchun ishlab chiqarishning eng arzon narxlardagi sohalarida xodimlarning e’tiborini nazorat qilish.

ISAQ mukofoti 1986-yildan buyon o‘z mahsulotlarini va taqdim etayotgan xizmatlarini doimiy ravishda yaxshilashga intilib kelayotgan kompaniya, tashkilotlarga innovatsiyalar, sifat menejmenti sohasidagi xizmatlari uchun har yili topshirib kelinadi. Mukofot ikki kunlik sifat Konvensiyasi davomida kompaniya rahbarlariga taqdim etiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq