RBBOMda loyiha boshqaruvini rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
20.04.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

19-aprel kuni Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabi binosida davlat va biznes tuzilmalari vakillari ishtirokida seminar o‘tkazildi. Seminar mavzulari O‘zbekiston Respublikasi va jahon miqyosida loyiha boshqaruvini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, O‘zbekiston Xalqaro loyiha boshqaruvi assotsiatsiyasiga (IPMA) a’zo bo‘lganidan keyin paydo bo‘lgan imkoniyatlar bilan tanishishga bag‘ishlandi.

Seminar IPMA Kengashi raisi Raynxard Vagnerning Toshkentga ilk tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tashrif davomida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv hamda yirik biznes vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Raynxard Vagnerning tashrifi O‘zbekistonning barcha qit’alardagi loyihalarni boshqarish sohasida 70 dan ortiq milliy assotsiatsiyalarni birlashtirgan IPMA а’zosi bo‘lganligigа bag‘ishlangan. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekiston loyiha boshqaruvi assotsiatsiyasi (UzPMA) faoliyati bilan tanishish.

Malika Hakimjanova, O‘zbekiston loyiha boshqaruvi assotsiatsiyasi raisi (UzPMA):

— Janob Vagnerning tashrifi doirasida o‘tkazilayotgan mazkur seminar juda muhim. Mamlakatda, biznes doiralarida, davlat boshqaruvi sohasida loyiha boshqaruviga bo‘lgan qiziqish juda yuqori. Ko‘plab mavzular ko‘rib chiqildi, kompleks rejalashtirish, xarajatlarni optimallashtirish, sifat nazoratini oshirish, idoraviy va idoralararo o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, biznes jarayonlar va atrof-muhitdagi o‘zgarishlar bilan integratsiyalashuvga qaratilgan islohotlarga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun:

UzPMA — O‘zbekiston loyiha boshqaruvi assotsiatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi Milliy agentligining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabi hamda Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi tomonidan 2019-yilning yanvar oyida tashkil etilgan.

UzPMAning yuksak vazifasi O‘zbekistonda loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun professional muhit va qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, loyiha boshqaruvi sohasida yuqori darajadagi mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq