Koreyaning Yer va geofazoviy ma`lumotlar korparatsiyasi (LX) bilan uchrashub bo`lib o`tdi
20.04.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 19-aprel kuni sanasida yer tuzish sohasida Milliy yer resurslarini samarali boshqarish maqsadida uchrashuv bo`lib o`tdi hamda hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Uchrashuvda o’zaro hamkorlikning istiqbollari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasida MGAT loyihasi bo`yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Uchrashuv chog’ida tomonlar o’zaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik tamoyillari asosida har bir mamlakatning milliy qonunchiligiga muvofiq milliy yer resurslarini samarali boshqarish bo’yicha keng ko’lamli ishlarni amalga oshirish maqsadida yer resurslarini boshqarish bo’yicha hamkorlik to’g’risida Memorandum imzoladilar. Hamkorlikning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

— mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

— Geografik axborot tizimlari sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash uchun mutaxassislarni almashtirish.

Uchrashuv yakunida LX Korporatsiyasi tomonidan texnik yordam sifatida so’nggi rusumdagi geodezik o’lchash asboblari taqdim etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq