Huawei to‘liq intellektual dunyoni yaratish uchun innovatsiyalarga e’tibor qaratmoqda
19.04.2019
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Huawei kompaniyasi Xitoyning Shenchjen shahrida har yili tashkil etiladigan galdagi “Global tahlil” sammitini o‘tkazdi. Joriy yilda mazkur sammit «To‘liq ulangan intellektual dunyoni yaratish» mavzusiga bag‘ishlandi. Sammit ishtirokchilari yangi texnologiyalarni uzluksiz ishlab chiqish va tatbiq etish orqali to‘liq intellektual dunyoni yaratishga oid masalalarni muhokama qildilar. Aynan mana shu maqsadda kompaniya «Innovatsiyalar 2.0» konsepsiyasini taklif etdi va strategik tadqiqotlar institutining tashkil qilinishini ma’lum qildi. Huawei kelgusi 5 yil davomida ilg‘or texnologiyalarga doir tadqiqotlarga jiddiy e’tibor qaratadi.

Ken Xu (Ken Hu), Huawei kompaniyasi raisining o‘rinbosari, 16-Global tahlil sammitida kirish nutqini so‘zlamoqda

Huawei kompaniyasining raisi Ken Xu (Ken Hu) sohaviy trendlarga aloqador kompaniyaning tahliliy ma’lumotlari va uning strategik rejalari bilan bo‘lishdi. «Intellektual dunyo ko‘z o‘ngimizda. Biz unga nihoyatda yaqinmiz. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sektori hozirda taraqqiyot uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlarga ega», — dedi Ken Xu. Shuningdek, kompaniya raisining ta’kidlashicha, 5G texnologiyalari kutilganidan ko‘ra ancha tezroq joriy qilinmoqda va eng qizig‘i, ayni davrda 5G-qurilmalarning evolyutsiyasi 5G-tarmoq evolyutsiyasi bilan bir maromda qadam tashlamoqda. Huawei prognozlariga ko‘ra, 2025-yilga borib jahonda 5G foydalanuvchilari soni 2,8 mlrd. kishiga yetadi. Kompaniya ko‘p sonli ulanishlarni qo‘llab-quvvatlaydigan sodda, kuchli va intellektual tarmoqlarni yaratish maqsadida olg‘a intilmoqda.

Barcha sohalarda sun’iy intellektdan foydalanish korxonalarda bulutli hisoblash texnologiyalarining tatbiq etilishini tezlashtiradi. Ken Xuning so‘zlariga qaraganda, kompaniya bulutli texnologiyalar bozoridagi raqobatga sun’iy intellekt asosidagi imkoniyatlar raqobati sifatida yondashmoqda. «Bizning sun’iy intellekt sohasiga kiritgan strategik investitsiyalarimiz bulutli texnologiyalarni joriy qilish poygasida oldinga chiqib olishimizga yordam beradi», – deya qayd etadi Huawei raisining o‘rinborsari. Shu bilan birga, u Huawei yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilishda davom etishini, nafaqat hozirgi davr uchun, balki kelajak uchun ham sarmoya ajratishini ishonch bilan ta’kidladi. Huawei faqat tijoriy muvaffaqiyat qozonishga intilmasdan, balki sohani rivojlantiradigan kompaniyalar va ijtimoiy taraqqiyotning oldingi qatorida harakat qiladi. Kompaniyaning asosiy maqsadi har bir inson, uy va tashkilot uchun to‘liq intellektual dunyoning ustunliklarini kashf etishdan iborat.

Boshqaruv direktori va Huawei strategik tadqiqotlar institutining prezidenti Uilyam Syuy (William Xu) kompaniya o‘zi uchun «Innovatsiyalar 2.0» davrini ochishini e’lon qildi.

Innovatsiyalar 2.0 – bu umumiy taraqqiyot konsepsiyasi bazasida nazariy yutuq va ixtirolardir. «Strategik tadqiqotlar instituti kelgusi besh yil mobaynida asosan ilg‘or texnologiyalar sohasidagi ishlanmalar bilan shug‘ullanadi. Fundamental fanlar, texnologiyalar va texnologik innovatsiyalar sohasidagi tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun biz har yili 300 mln. AQSh dollari miqdorida sarmoya ajratamiz. Bu biz olib borayotgan tadqiqotlarning muhim qismidir», – deydi janob Syuy. Yana uning qayd etishicha, Huawei nazariy izlanishlar va fundamental texnologiyalar yo‘nalishidagi innovatsiyalarga turtki berish uchun universitetlar va tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ishlaydi, bu orqali mazkur sohaga va umuman butun dunyoga yangi yo‘l ochadi.
Huawei quyidagi beshta yo‘nalish bo‘yicha sohada yetakchi bo‘lishga intiladi: texnik arxitekturani qayta ko‘rib chiqish, mahsulot arxitekturasini qayta kashf etish, soha taraqqiyotining oldida ishlash, soha uchun yangi yo‘nalish ochish va yangi sohani rivojlantirish.

«Tarmoqlar orasidagi o‘zaro ta’sir, hisoblash texnoligiyalar va bulutli hisoblashlar intellektual dunyoning fundamental infratuzilmasiga aylanadi hamda sun’iy intellekt ushbu yangi dunyoni harakatga keltiradi, – deydi Devid Van (David Wang), Huawei boshqaruvining ijrochi direktori, investitsiyalar bo‘yicha kuzatuv kengashi raisi hamda AKT-strategiya va marketing bo‘yicha prezidenti. – Kelajakka nazar solib shuni aytishim mumkinki, jahondagi eng yaxshi tarmoq aloqasi bilan ta’minlash uchun biz Mur qonunini qayta ko‘rib chiqamiz va Shennon nuqtasini kurashga chaqiramiz, shu bilan birga, hisoblash resurslari yanada keng tarqalishi uchun hisoblash arxitekturasini qayta ko‘rib chiqamiz. Biz sohaning raqamli transformatsiyasiga mo‘ljallangan a’lo gibrid bulutni yaratamiz va sun’iy intellekt texnologiyalari har yerda tatbiq etilishi uchun barcha ssenariylarga mos kompleks tartibli SI-yechimlardan foydalanamiz».

Yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish har doim Huawei kompaniyasining bosh maqsadi va uning uzluksiz rivojlanishini belgilaydigan muhim omillardan biri bo‘lib kelgan. Mazkur yo‘nalishda Huawei doimo o‘z mijozlarining talablariga e’tibor qaratgan: so‘nggi o‘ttiz yil mobaynida u jahondagi AKT-yechimlar va «aqlli» qurilmalar ta’minotchisiga aylangan holda, buyurtmachilar va hamkorlar bilan birgalikda barcha sohalar va umuman jamiyat uchun tijoriy potensialni kuchaytirmoqda.

Intellektual dunyo ko‘z o‘ngimizda va hozirda AKT-sohasi yuksalish uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlarga egadir. Huawei joriy loyihalarga investitsiya ajratish, tarmoqdagi o‘zaro aloqa, hisoblash texnologiyalari va bulutli hisoblashlar sohasidagi yangi texnologiyalarni yaratish va tatbiq etishda, umumiy qilib aytganda, kelajakka sarmoya kiritishda davom etadi.

Birinchi Huawei tahlil sammiti 2004-yilda tashkil qilingan, shundan beri 16 yil mobaynida har yili o‘tkazilib kelinmoqda. Ko‘plab parallel sessiyalarga ega bo‘lgan joriy yildagi sammit 16-18 aprel kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda 680 nafardan ziyod sohaviy va moliyaviy tahlilchilar, g‘oya yetakchilari va OAV vakillari ishtirok etdi. Qatnashchilar bir qator mavzular va trendlar borasida o‘ziga xos ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Batafsil ma’lumot uchun quyidagi havolaga o‘ting: https://www.huawei.com/en/press-events/events/has2019?ic_medium=hwdc&ic_source=corp_event3_has19

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq