UZMOBILE GSM tarmog‘ining 4 yilligi: tariflarning kengayishi, tezlashishi va katta yangilanishlar!
18.04.2019
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

2015-yil 15-aprel kuni UZMOBILE O‘zbekiston Milliy mobil aloqa operatori GSM standarti tarmog‘ini tijorat foydalanishga topshirish haqida e’lon qilgandi. 2015-2018 yillarda butun O‘zbekiston bo‘ylab katta miqyosli tarmoqlarni qurish va kengaytirish ishlari olib borildi. Kompaniya ikki tarmoq – UZMOBILE CDMA-450 va UZMOBILE GSM tarmoqlarini rivojlantirishni davom ettirmoqda. «O‘zbektelekom» AK mobil aloqa operatori UZMOBILE to‘rt yilligini a’lo natijalar bilan kutib olmoqda va 2019-yil rivojlanish rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

18-aprel kuni Toshkentda «Ground Zero Kitob Olami» kovorking markazida UZMOBILE – O‘zbekiston Milliy mobil aloqa operatori GSM standarti tarmog‘ini tijorat foydalanishga topshirilishining 4 yilligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida UZMOBILE GSM tarmog‘ining to‘rt yil mobaynidagi rivojlanishi haqida to‘liq ma’lumot berildi, tarmoq rivoji va butun O‘zbekiston bo‘ylab kengaytirilishi to‘g‘risida ham so‘zlab berildi, shuningdek, operatorning 2019-yil rejalari taqdim etildi. «O‘zbektelekom» AK tijorat direktori v.v.b. Alisher Abdudjaparovich Zufarov matbuot anjumanini ochib, UZMOBILE GSM tarmog‘i joriy rivojlanish hodimlarini uchta mezon bilan tavsifladi: barcha mintaqalarda doimiy kengaytirish, mobil internetni tezlashtirish va tariflardagi katta yangilanishlar.

«Biz O‘zbekiston GSM standarti yuqori raqobatli bozoriga oxirgi bo‘lib keldik. Bu oson kechmadi. Shu qisqa vaqt mobaynida biz nafaqat juda tanilgan o‘yinchilar bilan raqobatlasha olishimizni, balki zamonaviy, yuqori tezlikka ega va keng UZMOBILE GSM tarmog‘ini qurishga qodir ekanligimizni isbotlay oldik, texnik imkoniyatlarimiz bizga bugungi kunda eng innovatsion xizmatlar va yuqori sifatli arzon tariflarni taqdim etish imkonini berdi. – dedi Alisher Abdudjaparovich. – Bugungi kunda mobil aloqa bozorida Internet tarmog‘ida aholi uchun ham, korporativ mijozlar uchun ham turli xil va foydali tariflarni taqdim etmoqdamiz. Internet-paketlar bo‘yicha tarif rejalarimiz, masalan, bugungi kunda bozorda eng yaxshisidir».

Matbuot anjumanida «O‘zbektelekom» AK «O‘zmobayl» filialining tarixi haqida so‘z yuritildi, 2004-yildan boshlab, O‘zbekistonning yetib borish qiyin bo‘lgan chekka hududlariga simsiz aloqani ta’minlash uchun CDMA-450 standartida tarmoq qurilgandi. 2014-yilda Hukumat qaroriga muvofiq filial O‘zbekiston Milliy aloqa operatori deb e’lon qilindi va uning oldiga bir qator davlat vazifalari qo‘yildi.

Hozirgi kunda UZMOBILE CDMA tarmog‘ida 160 mingdan ortiq faol abonentlarga va UZMOBILE GSM tarmog‘ida esa 3 milliondan ortiq faol abonentlarga xizmat ko‘rsatilmoqda.

«Biz O‘zbekistonning barcha mintaqalarida tarmoqlarni kengaytirishni faol davom ettirmoqdamiz. – deydi «O‘zbektelekom» AK «O‘zmobayl» filiali direktori Srajitdin Sayfutdinovich Faxrutdinov. — Har hafta o‘nlab yangi baza stansiyalarini ishga tushirmoqdamiz, Internet tarmog‘ining mavjud imkoniyatlari tezligini oshirish uchun modernizatsiya qilmoqdamiz va eng muhimi, doimiy ravishda, barcha toifadagi abonentlar uchun yangi tariflar va xizmatlarni joriy qilmoqdamiz. Bizning texnik imkoniyatimiz bugungi kunda bu ishlarni amalga oshirish imkonini beradi».

Hozirgi vaqtda UZMOBILE tashqi kanali 30 Gbit/s. gacha kengaytirildi, bu esa abonentlarga yanada yuqori tezlikdagi va arzon mobil internet tariflarini taqdim etish imkonini beradi.

Matbuot anjumanida, bugungi kunda filialda internet — paketlar yangi tarif rejalarining faol joriy qilinayotgani va bozorda eng arzon va foydali narxlarda taqdim etilayotgani haqida batafsil ma’lumot berildi. 1 MB narxi ikki marta tushirildi, paketlar hajmi esa 75 000 MB gacha oshirildi.

«UZMOBILE» SB mobil aloqa abonentlari uchun 30 kunlik amal qilish muddati, 500 dan 75 000 Megabaytgacha nominalli Internet-paketlar narxlari arzonlashdi. (Batafsil ma’lumotlar: https://uztelecom.uz/index.php/ru/chastnym-litsam/mobilnaya-svyaz-1/gsm/pakety/internet-pakety-3)

Juda faol Internet foydalanuvchilari uchun avtomatik ravishda yangilab turiladigan «Internet non-stop» seriyali BARCHA paketlar guruhi yangilandi, ushbu paketlardan foydalanishning ikkinchi oyidan boshlab, ularning narxi 10 foizgacha tushiriladi.

«O‘zbektelekom» AK o‘z abonentlari uchun noyob takliflarini alohida ta’kidlash zarur. Masalan, quyidagi raqamlarga imtiyozli «tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar»: GSM standartidagi UZMOBILE tarmog‘i, CDMA-450 standartidagi UZMOBILE tarmog‘i, shuningdek, «O‘zbektelekom» AK qayd etilgan mutlaq raqamlariga.

Matbuot anjumanida kompaniya rejalari haqida batafsil so‘zlab berildi. 2019-yilda UZMOBILE CDMA faol abonentlari sonini 31 foizga (220 mingga) va UZMOBILE GSM tarmog‘i faol abonentlari sonini 36 foizga (4,6 millionga) oshirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda O‘zbekistonning barcha mintaqalarida 2G/3G va 4G texnologiyalari bo‘yicha UZMOBILE tarmog‘ining kengaytirilishi davom etmoqda. 2019-yil oxirigacha aholi punktlarida UZMOBILE tarmog‘ining qamrab olishi o‘rtacha 87 foizgacha, UZMOBILE GSM va UZMOBILE CDMA 90 foizgacha oshiriladi.

Kompaniyaning aloqa sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlari alohida qayd etildi. Masalan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Navoiy va Urganch shaharlaridagi xalqaro aeroportlar binosida ichki va tashqi mobil aloqa qamrovining sifati yaxshilandi.

Kompaniya rejalarida B2B segmenti uchun kompleks yechimlarni joriy etish belgilangan, ular o‘z ichiga quyidagi yechimlar: qayd etilgan mutlaq internet, telefoniya, IPTV, mobil aloqa va mijozlar hududida baza stansiyalarini o‘rnatishgacha 30 dan ortiq turli xil takliflar jamlangan.

Sayyohlarga va umuman turizmga qulayliklarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yangi yechimlar joriy etiladi. Barcha aeroportlarda, t/y vokzallarida, avtovokzallarda va eng diqqatga sazovor, ommabop hududlarda WiFi zonalari va xizmat ko‘rsatish ofislarini rivojlantirish ishlari olib borilmoqda. Davlat segmentining (B2G) har bir sohasi uchun personal yechimlar va tariflar ishlab chiqilmoqda.

Matbuot anjumani doirasida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Matbuot anjumanidan keyin kompaniya o‘z hamkorlari va korporativ mijozlarini esdalik sovg‘alari hamda minnatdorlik diplomlari bilan taqdirladi.

Shuningdek, UZMOBILE GSM tarmog‘ining uch millioninchi abonenti bo‘lgan Shukurov Bahodir Erkabayevichga esdalik sovg‘alari in’om etildi.

UZMOBILE tarmoqlarini rivojlantirish davom etmoqda.

UZMOBILE — ishonchli aloqa milliy operatori!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq