UZCARD statistik ma’lumotlar: 2019-yilning 1-chorak natijalari
18.04.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona Umumrespublika Protsessing Markazining (YaUPM) statistik ma’lumotlariga binoan, 2019- yilning 1-chorak natijalari qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha stabil o‘sishni namoyon etdi.

Joriy yilning 1-choragida elektron kommersiya orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni 73,8 mln. ni tashkil etib, 2018-yilning o‘tgan 4-choragida belgilangan 72,1 mln.lik holatiga nisbatan 1,69 mln. so‘m farq bilan 2,3 foizlik o‘sishni qayd etdi.

2019-yilning 1-choragida elektron kommersiya bo‘yicha amalga oshirilgan tranzaksiyalarning jami miqdori 2 516 316 mln. so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2018-yilning 4-chorakida qayd etilgan 2 017 000 mln. so‘mga nisbatan 499,3 mlrd. so‘m farq bilan 24,8 foizlik o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning 1-choragida POS-terminallar orqali amalga oshirilgan umumiy tranzaktsiyalar soni 131,9 mln. tani, miqdorda esa 15 166 740 mln. so‘mni tashkil etdi.

Ushbu chorakda ATM (bankomat) qurilmalari orqali o‘tkazilgan naqd pul berish amaliyotlari soni 11,3 mln.tani, miqdori esa 5 939 327 mln. so‘mni tashkil etgani belgilandi.

YaUPM ning statistik ma’lumotlariga tayangan holda, muomalaga chiqarilgan plastik kartalarning umumiy soni joriy yilning 1-choragida 1 052 816 ta plastik kartani tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilning 4-choragida qayd etilgan 1 038 336 ta plastik kartalar soniga nisbatan 1,4 foizlik o‘sishni namoyon etdi.

Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan banklar o‘rtasida plastik kartalar emissiyasi bo‘yicha yetakchi uchlik aniqlandi. Demak, birinchi o‘rinni “Xalq banki” (188 424 ta plastik karta), ikkinchi o‘rinni “Agrobank” (183 863 ta plastik karta) hamda uchinchi o‘rinni “Ipoteka Bank” (133 855 ta plastik karta) egalladi.

Bugungi kunga kelib, “SMS-xabarnoma” xizmatiga ulangan Uzcard plastik kartalar soni 9 611 430 donani tashkil etdi. Ta’kidlab o‘tish joizki, YaUPM mamlakatimizda o‘z faoliyatini olib borayotgan 29 ta bank hamda 40 dan ortiq to‘lov tizimlariga protsessing xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq