Respublika oliy biznes va boshqaruv maktabida “O‘zbekistonda blokcheyn: raqamli iqtisodiyotning istiqbollari” sammiti
16.04.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yil 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti bilan hamkorlikda tashkil etiladigan “O‘zbekistonda blokcheyn: raqamli iqtisodiyotning istiqbollari” sammiti bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-sonli Qaroriga muvofiq keng qo‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan axborot-texnologiya platformalarida faoliyat yuritadigan raqamli iqtisod jadal sur’atlar bilan bilan rivojlanmoqda, bu esa ushbu platformalarning yangi modellarini yaratish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Sammit doirasida blokcheyn sohasidagi yetakchilar va innovatorlar moliya, ta’minot tizimi, telekommunikatsiya, hukumat, ijtimoiy tovarlar, transport va energetika kabi ko‘plab sohalarning raqobatbardoshligiga ta’sir qiluvchi raqamli iqtisodiyotning asosiy elementlari haqida so‘zlab beradilar. Sammit ishtirokchilari ushbu yangi avlod texnologiyasi qo‘llanilishi, zamonaviy iqtisodiyotda tranzaksiyalarni amalga oshirilishi, shuningdek, xalqaro tajriba doirasidagi istiqbolli misollar haqida bilimga ega bo‘ladilar.

Sammit davomida quyidagi mavzular muhokama qilinadi:

— Bozor islohotlari, rivojlanish maqsadlari va iqtisodiy raqobatbardoshlikka erishish yo‘lida blokcheyn texnologiyasining ahamiyati;

— Raqamli aktivlar: kripto aktivlar doirasida investitsiya faoliyati, savdo va birja;

— Blokcheyn: raqamli axborot tarmoqlarining evolyutsiyasi;

— Ta’minot zanjiri, telekommunikatsiya va energiya samaradorligi doirasida blokcheyn;

— Davlat sektori tovarlari va xizmatlari.

Sammitda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://rgsbm.uz/ru/blockchain

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq