Finlyandiyalik xalqaro ekspert startap ekotizimlarini rivojlantirish va ularni moliyalashtirish haqida so‘zlab berdi
16.04.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

=Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi binosida Helsinki Business Hub katta biznes maslahatchisi, xalqaro ekspert Mariya Xartikaynen xonimning (Finlyandiya) “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi (MUIC) rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Hozirgi vaqtda Finlyandiya dunyodagi eng innovatsion, ochiq va eng rivojlangan raqamli iqtisodiyotlarning top-5-ga kiradi va Mariya Xartikaynenning fikriga ko‘ra, bularni amalga oshirishning imkoniyati ochiq muhit, innovatsion infratuzilma va faoliyatning shaffofligi sababli paydo bo‘ldi. Helsinki Business Hub davlat tashkiloti poytaxt hududida biznesni rivojlantirishga ko‘maklashadi, istiqbolli startaplarni kuzatib boradi va ularga Xelsinki shahrida biznesni boshlashga yordam beradi.

Mariya Xartikaynen Helsinki Business Hub so‘nggi paytlarda turli mamlakatlardan kelgan esh tadbirkorlarga yordam berib kelishini so‘zlab, agarda startap amaliy qiymat va global g‘oyaga ega bo‘lsa u bir necha oy ichida “ko‘klarga chiqib ketishi” mumkinligi ta’kidladi. Shuningdek, u fin markazining ishi qanday tamoyillarga asoslanganligini va loyihalarni moliyalashtirish va ularni kengaytirish uchun qanday vositalardan foydalanish mumkinligi haqida gapirib o‘tdi.

Bugun, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasida ham Mariya Xartikaynen xonim tadbirkor va MUICning rezidentlari bilan startaplar va startap-ekotizimni rivojlantirish, moliyalashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. MUIC rezidentlari o‘z startaplari haqida gapirib, ekspertdan ularni rivojlantirish va moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha qimmatli maslahatlar olishdi.

16-aprel kuni soat 16:00da yuqori texnologiyalar Markazida Mariya Xartikaynenning oliy ta’lim muassasalari talabalari va xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Ta’kidlash joizki, uchrashuvlar BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Startap-tashabbus dasturi doirasida tashkil etilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq