“Davlat boshqaruvida raqamlashtirish: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi
16.04.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi “Texnik koʻmaklashish markazi” DUK bilan birgalikda joriy yilning 12-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi rahbar xodimlari ishtirokida “Davlat boshqaruvida raqamlashtirish: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Konferensiya quyidagi 2 yoʻnalishda boʻlib oʻtdi: 1. Davlat boshqaruvini raqamlashtirishning ahamiyati. Blokcheyn texnologiyalari. 2. Davlat boshqaruvida axborot xavfsizligini taʼminlash muammolari boʻyicha oʻtkazildi.

Konferensiyada “Texnik koʻmaklashish markazi”DUK xodimlari Rahimov Muhammad Abdurahmon oʻgʻli hamda Tursunov Shoxrux Shaxabiddinovich oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar. Konferensiya davomida Davlat idoralarida axborot xavfsizligini taʼminlashning bugungi kundagi ahamiyati, ularning faoliyati davomida uchrashi mumkin boʻlgan axborot xavfsizligiga tahdidlar haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, Axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish, axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha zamonaviy dasturiy-apparat vositalarni joriy etish, axborotlashtirish infratuzulmasini ekspertizadan oʻtkazish, idoralararo avtomatlashtirilgan NIS.UZ axborot tizimidagi axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha savolnomani toʻldirish boʻyicha tegishli maslahatlar berildi. Konferensiya davomida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq