SCIVAL axborot-tahliliy portali ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha seminar
15.04.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2019-yil 27-fevralda imzolangan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Elsevier kompaniyasi hamda SciVal axborot-tahliliy portali o‘rtasidagi hamkorlik bitimi doirasida joriy yilning 9-aprel kuni Bosh ilmiy-metodik markazda Elsevierning Rossiya va Markaziy Osiyodagi tahliliy yechimlar bo‘yicha maslahatchisi Andrey Petrovich Loktev ishtirokida SciVal axborot-tahliliy portali ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha ceminar boshlandi.

Ma’lumki, SciValda axborot–tahliliy portali universitetlarga xalqaro ilmiy trendlarni tahlil etish, ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini baholash, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, imkonini bersa, olimlarga ilmiy sheriklar va taqrizchilarni izlash, o‘z maqolalari uchun kalit so‘zlar, bibliografiya va ilmiy jurnal ro‘yxatini tanlash imkonini yaratadi.

Seminarning o‘tkazilishi respublika oliy ta’lim muassasalariga nufuzli xalqaro ilmiy axborotlar manbasidan foydalanish, ilmiy tadqiqotlar sohasida samaradorlikni oshirish, natijada universitetlarning xalqaro global reytingiga kirish imkonini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Mazkur seminarga respublikamizning turli OTMlaridan mas’ul xodimlar, professor-o‘qituvchilar jalb etilgan. Seminar so‘nggida tinglovchilarga maxsus sertifikat topshiriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq