«Beeline» cheksiz trafik bilan TV tomosha qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan yangi avlod onlayn-kinoteatrini ishga tushirmoqda
12.04.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline O‘zbekiston” yangi avloddagi raqamli mahsulot — «Beeline-TV» multiplatformali xizmatini taqdim etmoqda.

«Beeline» abonentlari uchun kundalik va oylik obuna doirasida tomosha qilish uchun bepul televideniye, shu jumladan, bepul telekanallar, minglab xorijiy filmlar va teleko‘rsatuvlar, mahalliy san’atkorlarning eksklyuziv konsertlari va kliplari, o’zbek spektakllarining televersiyalari va multfilmlarning keng to‘plamlari.

«Beeline TV» orqali video-kontent ko’rilgan chog‘ida, «Beeline» abonentlarning internet- paketlaridan trafik sarflanmaydi va mobil Internet uchun balansdan mablag yechilmaydi.

“Beeline TV” – bu “Beeline” abonentlari uchun mobil trafik cheklanmagan mamlakatdagi yangi xizmat. Bu telefon raqami orqali oddiy ro’yxatga o‘tish tizimi bo‘lib, oilaviy tomosha uchun juda qulay bo‘lgan bir nechta profillarni yaratish imkoniyati, telekanallarni avvaldan ko’rish, yoki keyinroq tomosha qilish imkoniyati va «pauzadagi efir», eslatmali interaktiv dastur qo‘llanmasi va ota-ona nazorati. Kunlik obunaning imtiyozli narxi 499 so’mdan, oylik obuna esa 9 999 so’mdan boshlanadi.

Bundan tashqari, «Beeline TV» abonentlari MDHdagi eng yirik onlayn kinoteatr va «Beeline Uzbekistan»ning hamkori bo’lgan kengaytirilgan “ivi” katalogidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

““Ivi” uchun bu mintaqadagi ilk hamkorlik! Endilikda «Beeline O’zbekiston» abonentlari «Beeline TV»ga integratsiya qilingan “ivi” katalogidagi filmlar, teleko‘rsatuvlar va multfilmlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Mazkur hamkorlik O’zbekiston tomoshabinlari uchun litsenziyali kino olamini yanada qulayroq bo’lishga imkon beradi va «Beeline» abonentlari uchun kino ko‘rishning yangi imkoniyatlarini ochadi. Bizning filmotekamizda abonentlar yuqori sifatli eksklyuziv premyeralar, yangi rus kinolari, ommabop seriallar, shuningdek multfilmlar va multseriallarni tomosha qilib zavq olishadi”, deya “ivi” onlayn-kinoteatrining xalqaro rivojlantirish bo‘yicha direktori Artyom Yegorenkov voqeani sharhladi.

“Ivi” kontenti bilan birgalikda “Beeline” abonentlari mamlakat san’atkorlarining eksklyuziv konsert va videokliplarini ham tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

“Beeline TV” — bu ko’p yillar davomida abonentlarning istaklarini kuzatish orqali yaratilgan mahsulotdir. Video kontentni iste’mol qilish hajmi, raqamli savodxonlik va yangi mahsulotlar uchun talablar har yili o’z navbatida o‘sib bormoqda va yangi yechimlar talabi ortib bormoqda. Ko’pgina testlar, so’rovlar, bozor tadqiqotlari va tahlillari, shuningdek «Beeline O‘zbekiston»ning bozor yetakchisi sifatida uzoq muddatli tajribasi innovatsion va qulay platforma yaratishga imkon berdi. Cheksiz Internet trafigi bilan kuniga 499 so’mlik televidenie tomosha qilish qobiliyatiga ega onlayn kinoteatr bizga raqamli texnologiyalar nuqtai nazaridan mijozlarimiz bilan hamnafas ekanligimizdan dalolat beradi”, — dedi “Beeline O‘zbekiston”ning mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha direktori G‘ayrat Mahkamov.

“Beeline TV” multiplatformali xizmatidan Android va iOS operatsion tizimida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan dastur sifatida, shu nomdagi web-resursda, hamda SMART TV funksiyali televizorlarida foydalanish mumkin.

“Digital-mahsulotning bozorga chiqishi bilan birga, trafikni iste’mol qilishdan tashqari, huquqiy kontentning zarurligi va dolzarbligi ham e’tiborga olinadi, shou-biznes uchun yangi voqea boshlanadi”, – deydi o‘zbek estradasi yulduzi Ulug‘bek Rahmatullayev. – Mening jamoam va men bu yechim mamlakat estrada yulduzlari uchun zarur bo’lganiga aminmiz. «Beeline-TV» bizning tomoshabinlarimizga va muxlislarimizga o’zlariga kerak bo‘lgan narsani bir necha tugmaga bosish natijasida topa oladigan platformadir”.

Mahsulot va uni yoqtirish shartlari bilan batafsil www.beelinetv.uz saytida tanishish mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq