Uzcard to‘lov tizimi yangi logotipni taqdim etadi
11.04.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi Uzcard banklararo to‘lov tizimining logotipi o‘zgartirilganini ma’lum qiladi.

Xorij tajribasi va moliya sohasidagi xalqaro kompaniyalar ishtirokidagi o‘zaro hamkorlikni o‘rganish davomida Uzcard to‘lov tizimning yangi imijini yaratish ehtiyoji kuzatildi. Shu bois, kompaniyamiz oldida uning logotipini o‘zgartirish vazifasi ilgari surildi.

Mutaxassislar oldida Uzcard banklararo to‘lov tizimi asosiy belgisining yangi ko‘rinishi, xususiyatlarini yaratish va unga nisbatan ijodiy yondashish talab etildi. Yangi logotipni yaratish jarayonida Uzcard to‘lov tizimi foydalanuvchilari tomonidan uni qabul qilinish darajasi inobatga olindi.

Yaratilgan konsepsiyaga binoan, yangi logotip harf ishtirok etgan belgi hamda matnli ko‘rinishdan iborat. Ushbu logotipning harf ishtirok etgan belgisida karta ko‘rinishi va uning burchagida quyosh elementi mujassamlashgan bo‘lib, Uzcard tizimi tomonidan taqdim etilayotgan kuch va imkoniyat ma’nosini anglatadi. Undagi olov rangi ham kuch-quvvatni aks ettiradi.

Yangi logotip TBWA\Tashkent “Creative Agency” MCHJ agentligi tomonidan taqdim etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq