Huawei 5G tarmog‘i yordamida yo‘lga qo‘yilgan jahondagi ilk masofaviy jarrohlik amaliyotiga sababchi bo‘ldi
11.04.2019
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Huawei kompaniyasi xitoylik aloqa operatori China Mobile bilan hamkorlikda Xitoyda joylashgan shifoxonalardan biriga 5G texnologiyasi bazasida Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorning miyasini stimulyatsiya qilish uchun unga implant-neyrostimulyatorni o‘rnatish bo‘yicha ilk masofaviy jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazishga imkoniyat yaratishdi.

Ixtisosligi neyrojarrohlik bo‘lgan va Xaynan shahrida istiqomat qiluvchi bosh jarroh shifokor Lin Chjipey, neyrostimulyatorni o‘sha vaqtda undan 3000 km uzoqlikda, aniqroq aytganda, Pekin shahridagi bemorning tanasiga joylashtirish uchun jarrohlik asboblarini masofadan boshqardi. Videokonferensiya tizimida ishlaydigan Huawei CloudLink 4K terminali yordamida ushbu masofaviy jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, operatsiya jarayoni China Mobile va Huawei kompaniyalari tomonidan yo‘lga qo‘yilgan 5G tarmog‘i orqali ultra-HD formatida real vaqtda translatsiya qilindi.

Bundan atigi bir necha yil muqaddam bu kabi masofaviy operatsiyalarni o‘tkazishga shunchaki g‘oya sifatida qaralardi, biroq 5G texnologiyasining afzalliklari tibbiyot hamjamiyatiga shu qadar ta’sir ko‘rsatdiki, telemeditsina pirovardida shunchaki tibbiy kuzatish chegaralaridan chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Bosh miyadagi jarrohlik amaliyotlari o‘z-o‘zidan juda murakkab va xatarli. Bemorlar taqdirlarini operatsiya uchun o‘zlarining barcha tajriba va bilimlarini imkon qadar kam xatolar bilan qo‘llashga intiladigan shifokorlarga ishonadilar. Operatsiyani mexanik qo‘lda bajarish vaqtida tasvir uzatilishi tarmoqda favqullodda past kechikishni talab qiladi. Bundan tashqari, jarrohga HD formatidagi operatsiya tasviri kerak bo‘ladi, bu esa, odatiy 1080p formati bu jarayonni qoniqtirmasligini anglatadi.

5Gtexnologiyalari tufayli masofaviy jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ldi. 5G tarmog‘i yuqori tezlik, katta ma’lumot o‘tkazish qobiliyati va past kechikishlar bilan ajralib turgani bois, u masofaviy jarrohlikning samaradorligi, barqarorligi, ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlashga juda mos keladi. CloudLink 4K videokonferensiya terminali real vaqt rejimida tasvirni bag‘oyatda yuqori aniqlik va juda past kechikish bilan uzatib, shifokorlarga batafsil ma’lumotni taqdim qiladi. 5G va CloudLink 4K terminali tufayli mazkur masofaviy operatsiya amalga oshirildi.

Huawei 5G bazasidagi masofaviy operatsiyalar misolida har qanday sanoatning ishlab chiqarish modelini qayta shakllantirish mumkinligiga ishonadi. Kelajakda korporativ kommunikatsiyalar, ayniqsa, videokonferensiyalarga mo‘ljallangan yechimlar mijozlarga asosan Cloud (bulutli) servislar ko‘rinishida taqdim qilinadi. 5G tarmog‘i ushbu o‘zgarish katalizatori sifatida xizmat qiladi. Huawei Enterprise Communicationsbiznes guruhi eng turfa sohalarda yuqori texnologiyali yechimlarni qo‘llash imkoniyatini tadqiq etishni davom ettiradi. Huawei kompaniyasida biz 5G tarmoqlar mijozlarga yaxshi xizmat ko‘rsatishi va barcha insonlarga naf keltirishiga intilamiz.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq