UZMOBILE GSM tarmog‘ining 19 ta yangi baza stansiyalari foydalanishga topshirildi
10.04.2019
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

«O‘zbektelekom» AK «O‘zmobayl» filiali UZMOBILE GSM tarmoqlarini faol kengaytirishda davom etmoqda. Aprel oyining faqat dastlabki ikki kun mobaynida kompaniya mutaxassislari tomonidan UZMOBILE GSM tarmog‘i abonentlari uchun 19 ta yangi baza stansiyalari foydalanishga topshirildi.

Abonentlar iltimoslariga muvofiq, UZMOBILE GSM tarmog‘i yangi baza stansiyalarining o‘rnatilgan manzillarini e’lon qilamiz:

— Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Iskandar QFY hududida 1 obyektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari.

— Andijon viloyati, Andijon tumani, Xrabek QFY, Guliston mahallasi hududida 1 obyektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari.

— Namangan viloyati, Namangan tumani, Tepaqiyot QFY hududida 1 obyektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari.

— Namangan viloyati, Namangan shahri, Marg‘ilon ko‘chasi hududida 1 obyektda – 2G, 3G va 4G texnologiyali baza stansiyalari.

— Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, Bog‘bon MFY hududida 1 obyektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi.

— Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, Mustaqillik MFY, Tumorchi qishlog‘i hududida 1 obyektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi.

— Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Ohunboboyev F/X hududida 1 obyektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari.

— Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, Oyoqdo‘rman qishlog‘i hududida 1 obyektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi.

— Toshkent shahri, Bektemir tumani, Porloq ko‘chasi hududida 1 obyektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari.

— Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Elbek ko‘chasi hududida 1 obyektda – 2G, 3G va 4G texnologiyali baza stansiyalari.

— Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, “Visol” restorani yaqinidagi hududda 1 obyektda – 2G, 3G va 4G texnologiyali baza stansiyalari.

— Farg‘ona viloyati, Yazyovon tumani, Qoratepa QFY, Porloq mahallasi hududida 1 obyektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi

— Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, Olchin MFY hududida 1 obyektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi.

— Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, Yangiobod QFY, Paxtakor mahallasi hududida 1 obyektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi.

— Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Bahor MFY hududida 1 obyektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari.

— Samarqand viloyati, Jomboy tumani, Jomboy MFY hududida 1 obyektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari.

— Qashqadaryo viloyati, Kosonsoy tumani, Quyibog‘ mahallasi hududida 1 obyektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari.

— Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Bog‘ikalon QFY hududida 1 obyektda – 2G texnologiyali baza stansiyasi.

— Xorazm viloyati, Xiva tumani, Gandimiyon qishlog‘i hududida 1 obyektda – 2G va 3G texnologiyali baza stansiyalari.

Yangi antenna-machta inshootlari, baza stansiyalari va zamonaviy uskunalar o‘rnatilishi bilan aloqa sifati va qoplash zonasi yaxshilanadi, shuningdek, yanada tezkor mobil Internet texnologiyasini joriy etish imkonini beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq