Visa kartalari ekvayringi Uzcard terminal tarmog‘i orqali tashkil etildi
09.04.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi hamda Visa xalqaro to‘lov tizimi ishtirokida “Uzcard terminal tarmog‘ida Visa kartalarining ekvayringini tashkil etish” loyihasi muvaffaqiyatli yakuniga yetkazildi. Unga ko‘ra, “Kapitalbank” ning POS va ATM terminallari Visa xalqaro kartalariga xizmat ko‘rsatishga tayyorlandi.

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan qolgan banklar Visa tomonidan belgilangan majburiy tartib-qoidalar bajarilganidan so‘ng Visa kartalari ekvayringini Uzcard terminal tarmog‘ida yo‘lga qo‘yishlari mumkin. Belgilangan tartib-qoidalar amalga oshirilganidan so‘ng, bank tomonidan savdo-xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga Visa kartalari qabul qilinishi uchun xizmat ko‘rsatiladi. Visa xalqaro kartalarining mahalliy terminal tarmog‘ida qabul qilishdagi komission to‘lovlar har bir bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

“O‘zbekistonda savdo-xizmat tashkilotlari uchun Visa kartalariga xizmat ko‘rsatish imkoniyati amalga oshirilganidan xursandmiz. Ushbu tashabbuskorlik butun mamlakatda naqdsiz iqtisodga o‘tish jarayonini tezlashtirishga turtki bo‘ladi. Mamlakatda naqdsiz to‘lovlar hamda O‘zbekiston to‘lov tizimi rivojlanishiga asos yaratuvchi muhit paydo bo‘lishi muhim”, – deydi Markaziy Osiyo mamlakatlari Visa xalqaro tizimining Bosh menejeri Galim Tabildiyev.

Visa xalqaro to‘lov tizimining asosiy talablari qatorida PCI DSS, PCI PIN Security va Visa PIN Security standartalariga muvofiqlik tasdig‘iga ega bo‘lish hisoblanadi, jumladan, kompaniyamiz ushbu sertifikatsiyalardan muvaffaqiyatli o‘tgani mahalliy terminallar tarmog‘ida Visa xalqaro kartalari yordamida to‘lovlarni amalga oshirishga asos yaratib berdi.

POS-terminallar Visa kartalarini qabul qilishlari uchun savdo-xizmat tashkilotlari egalari xizmat ko‘rsatilayotgan bankga murojaat etishlari o‘rindi.

Ta’kidlash joizki, Visa kartalari yordamida qayd etilgan yillik tovar aylanmasi 4,8 trillion AQSh dollariga teng.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq