Italiya investorlari bilan uchrashuv
08.04.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zbekiston pochtasi” AJda 2019-yil 1-2-aprel kunlari Italiyaning DoxeeSpA kompaniyasi bilan samarali muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaradan ko‘zlangan maqsad xorijiy investitsiyalar va innovatsion texnologiyalarni jalb etgan holda O‘zbekiston pochta infratuzilmasini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish masalalarini muhokama qilish edi.

Italiyaning Modena shahrida 2001 yilda tashkil etilgan bo‘lib, DoxeeSpA kompaniyasi bugungi kunda nafaqat Italiyada, balki Evropada dasturiy ta’minot ishlab chiqish va elektron pochta sohasida ishlatiladigan elektron (raqamli) platformalar va elektron hujjatlarni tarqatish sohasida keng qamrovli xizmatlar (“gibrid pochta”) ko‘rsatuvchi etakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Ko‘plab mamlakatlarda, jumladan, AQSh, Evropa Ittifoqi davlatlarida filiallari mavjud. DoxeeSpA 200dan ortiq kompaniyalar, banklar va ko‘plab mijozlarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlarga xizmat ko‘rsatadi.

Asosiy mijozlar orasida bir qator mamlakatlarning davlat organlari va hukumatlari ham mavjud.

Muzokarada “O‘zbekiston pochtasi” AJ va DoxeeSpA kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, “gibrid pochta” va boshqa elektron xizmatlar texnologiyalarini joriy etish orqali pochta xizmatlarini modernizatsiya qilish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Uchrashuvda DoxeeSpA vakillari global pochta mavzusiga sodiqligini namoyish etib, O‘zbekiston pochtasi faoliyati samaradorligini oshirishda yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Birinchi qadam sifatida, DoxeeSpA dasturiy platformasidan foydalanib, “gibrid pochta” xizmatlarini tubdan kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif etildi.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ mutaxassislari uchun ushbu platformaning slayd-shou shaklida tashkil etilgan taqdimoti «gibrid pochta» xizmatlarini taqdim etishning muhimligi ta’kidlash bilan cheklanib qolmay, balki yangi avlod elektron xizmatlarining ko‘plab zamonaviy turlari mavjudligini ham aniq namoyon etdi. Bu raqamli texnologiyaga faol o‘tish bo‘lib, qog‘oz shaklida jo‘natmalarni etkazib berishga asoslangan “gibrid pochta”ning odatiy chegaralarini kengaytirishga va hujjatning o‘zini elektron shaklda yaratishga, uni qayta ishlashga va undan interaktiv, shu jumladan dunyoda birinchi marta video hujjat shaklda, foydalanishga imkoniyat yaratadi. Bu butun dunyo pochta tizimining tabiiy evolyutsiyasidir. Asta-sekin, qog‘oz tashuvchi vositalariga asoaslangan va hujjatli aloqa tizimi sifatida tanish bo‘lgan pochtaning maqsad va vazifalari kafolatlangan hamda qonuniy jihatdan himoyalangan muhim innovatsion hujjatli telekommunikatsiya funktsiyasi bilan to‘ldiriladi.

Doxee dasturiy platformasining afzalligi shundaki, u pochta orqali hujjatlarni yetkazib berish uchun turli xil variantlardan foydalanish imkonini beradi: qog‘oz shakldan elektronga, qog‘ozdan — qog‘ozga, elektrondan — qog‘ozga, elektrondan elektron shaklga. Doxee platformasining texnik imkoniyatlari yordamida pochta operatori nafaqat, avvalgidek, jo‘natuvchi va qabul qiluvchining o‘rtasidagi yozishmalarning uzatuvchisi rolini bajaribgina qolmay, balki mijozga zarur hujjatlarni ishlab chiqarishda ham ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratiladi.

Hozirgi vaqtda iste’molchilar Doxee platformasiga murojaat qilib “veb-sahifa” shaklidagi hujjat bilan ishlashadi, bu esa o‘qilishi mumkin va kerak bo‘lganda ma’lumot olish, o‘zgartirish kiritish, to‘lash va boshqa zarur choralarni ko‘rish imkonini beradi.

Doxee platformasida taqdim etilgan boshqa jozibali elektron ishlanmalar qatorida p-web (shaxsiy veb-sayt), ya’ni shaxsiy hujjatning elektron versiyasi (masalan, to‘lov hisobi) ni ko‘rsata oladigan va P-video (shaxsiy video), ya’ni robot mijoz tomonidan hujjat nafaqat qabul qilinganligiga ishonch hosil qilish uchun, balki uning mazmunini mijoz bilan interaktiv videoaloqa orqali muhokama qilish imkonini yaratadigan ishlanmalarni aytib o‘tish o‘rinlidir

Muhokama davomida DoxeeSpA kompaniyasi vakillari universal pochta xizmatlarini elektron asosga o‘tkazilishi zarur qonunchilik bazasi mavjudligini talab etishini alohida ta’kidladilar chunki pochta uchinchi ishonchli tomon sifatida jo‘natmalarning yuridik ahamiyatini ta’minlaydigan davlatning yagona tashkilotidir.

DoxeeSpA kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar “O‘zbekiston pochtasi” AJda DoxeeSpA “gibrid pochta” tizimini joriy etish masalasida hamkorlik bo‘yicha” o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) imzolanishi bilan yakunlandi.

Italiyalik hamkasblar O‘zbekiston pochtasini isloh qilish kontseptsiyasini amalga oshirilishi butun jahon pochta tizimi tomonidan foydalanadigan ilk loyiha bo‘lishi mumkinligiga ishonch bildirdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq