Kasblar bozorida yangi yo‘nalish: Toshkent axborot-texnologiyalari kasb-hunar kollejida boshqaruv qurilmalarini ishlab chiquvchi mutaxassislar tayyorlanadi
07.04.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yil 1-martdan e’tiboran O‘zbekiston uchun yangi bo‘lgan “Boshqaruv qurilmalarini ishlab chiqish va ularga xizmat ko‘rsatish” fakultetida ilk talabalarni o‘qitish jarayoni boshlandi.

TATKHK o‘quv binosining bir qavati Puchon Universiteti standartlari va dizayniga mos ravishda jihozlandi. Amaliy mashg‘ulotlar uchun laboratoriyalar Janubiy Koreya hamkorlari tomonidan taqdim etildi. O‘quv rejasi ham Puchon universiteti tomonidan taqdim etilgan va O‘zbekiston Respublikasi standartlariga moslashtirilgan. Kollej o‘qituvchilari Janubiy Koreyada amaliyot o‘tadilar.

2-bosqichni tamomlab, koreys tili bo‘yicha III darajani olgan (TOPIK) hamda maxsus fanlarni o‘zlashtirgan talabalarga mahalliy namunadagi diplom beriladi va ular o‘qishning 3-bosqich bakalavr yo‘nalishini Puchon Universitetida (Janubiy Koreya) davom ettiradilar.

Til sinovlaridan o‘tmagan talabalarga mutaxassislikka egaligini tasdiqlovchi va kasbi bo‘yicha ishlash huquqini beruvchi mahalliy namunadagi diplom beriladi. Maxsus fanlardan «4» yoki «5» baho olgan, lekin koreys tilidan 3-darajani (TOPIK) ola olmagan talabalarga kelgusi yilda koreys tilidan 3-darajani (TOPIK) olishlari yana bir imkoniyat beriladi. Agar talaba imtihonni muvaffaqiyatli topshirsa va koreys tilidan 3-darajani (TOPIK) olsa, u kelgusida 3 –bosqich bakalavr yo‘nalishini Puchon Universitetida (Janubiy Koreya) davom ettirish uchun ariza berishi mumkin.

«Qurilma-dasturiy kompleksni ishlab chiqish yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarni o‘qitish yaqin kunlarda mutaxassislarning yangi tarmog‘ini yaratadi va O‘zbekiston Respublikasida elektronika sanoatida professionallikni sezilarli darajada oshiradi. Davlatimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lamini hisobga olgan holda, o‘z loyihalarini ishlab chiqishga va shunga mos ravishda ishlab chiqaruvchi kadrlarga bo‘lgan talab geometrik progressiya tarzida o‘sib bormoqda” deya izoh beradi TATKHK direktori Dmitriy Li.

Puchon Universitetida bitiruvchilarni ishga joylashtirishda ko‘maklashuvchi maxsus bo‘lim faoliyat yuritadi. O‘zbekistondan Koreyaga borgan TATKHK talabalariga ham tegishli yordam beriladi. Universitet malakali kadrlarga qiziqqan yirik korporatsiyalar va firmalar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq