Bola tug‘ilganida nafaqa tayinlash uchun ariza berish hamda pensiya to‘g‘risida ma’lumotlarni onlayn olish imkoniyati yaratiladi
05.04.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatlari ko‘rsatish Milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi, Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yagona integrator va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda, elektron hukumat tizimi doirasida «Nafaqa» dasturiy mahsulotining funksional imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, idoralararo integratsiya platformasi bilan bog‘lash ishlari amalga oshirilmoqda.

Yuqorida qayd etib o‘tilgan elektron shaklidagi o‘zaro aloqani tashkillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga pensiya bilan ta’minlanish sohasidagi yangi (100% avtomatlashtirilgan) tranzaksion xizmatlardan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) — my.gov.uz orqali foydalanish imkonini beradi.

Yo‘lga qo‘yilayotgan xizmatlar:

— bola tug‘ilganda yoki dafn etish marosimi uchun nafaqalar belgilanishi uchun elektron ariza berish. Bunda arizachiga belgilangan nafaqani olish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan Xalq banki bo‘limini tanlash imkoniyati beriladi. Xizmat natijasida pensiya tayinlangan sana va uning miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish mumkin.

— pensiya to‘g‘risida ma’lumot olish. Xizmat natijasida pensiya miqdori, tayinlangan sanasi, to‘lov davri, ish staji, o‘rtacha oylik ish haqi, pensiya turi (nafaqa), qayd qilingan va qayd qilinmagan ish davri, tanlangan muddat uchun to‘lovlar miqdori to‘g‘risida ma’lumotlarni olish mumkin.

Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi, hayotimizdagi barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali, aholi hamda tadbirkorlarning davlat organlari bilan o‘zaro aloqasini butunlay yengillashtirish va shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq