Soliq qonunchiligidagi yangi islohotlarga bagʻishlangan seminar
04.04.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

4-aprel kuni Aloqa tarixi muzeyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Davlat soliq qoʻmitasi bilan hamkorlikda Vazirlik tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar, mobil aloqa operatorlari va Internet provayderlarining buxgalterlari, iqtisodchilari hamda yuristlarini joriy yilda soliq qonunchiligida olib borilayotgan keng miqyosdagi islohotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida maxsus seminar tashkil etildi.

Seminarda Davlat soliq qoʻmitasining ekspertlari mavzuga oid maʼruzalarni havola qilar ekanlar, 2019 yildan boshlab soliqlar, ajratmalar va soliq obyektlari boʻyicha qonunchilikda amalga kiritilgan yangiliklar va oʻzgartirishlar, shuningdek, mobil aloqa operatorlari uchun aksiz soligʻini kiritilishi mohiyati xususida maʼlumot berdilar.

Tadbir doirasida yangi soliq hisobotlari, rekvizitlar hamda ularni elektron tarzda topshirish, yangi shakldagi hisob-fakturalarni rasmiylashtirish tartibi, soliq tekshiruvlarida yuzaga kelayotgan munozarali mavzular hamda optimal natijaga erishish yoʻllari muhokama etildi.

Seminar qizgʻin bahs-munozaralarga boy boʻldi. Tadbir ishtirokchilari oʻz faoliyatlarida duch kelayotgan masalalarning amaliy yechimi yuzasidan mutaxassislar bilan yuzma-yuz fikr almashdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq