Moskva Davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida yoshlar o‘rtasida «Lomonosov» festivali o‘tkazildi
04.04.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida yoshlar o‘rtasida matematika, informatika va kompyuter texnologiyalari yo‘nalishlarida «Lomonosov» Festivali o‘tkazildi.

Ma’lumki, Davlatimiz rahbari boshchiligida 2019-yil 19-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida joylarda aholi va yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, xotin-qizlarning mehnat bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha 5 ta tashabbusni respublikaning barcha hududlarida joriy etishga doir aniq vazifalar belgilab berildi.

Ayni shu tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida joylarda, jumladan, oliy ta’lim muassasalarida, turli amaliy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 31-martdan 2-aprelgacha M.V. Lomonosov nomidagi MDUning Toshkent shahridagi filialida respublika yoshlari o‘rtasida matematika, informatika va kompyuter texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha «Lomonosov» Festivali o‘tkazildi.

Tadbirga respublikaning umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlaridan 300 dan ortiq iqtidorli o‘quvchilari qamrab olindi. Bular Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Jizzax, Andijon, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri yoshlaridir.

Tadbir davomida ishtirokchilar Filialdagi fakultetlar, ularda olib borilayotgan o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat, shuningdek, Moskva davlat universitetidan jalb qilingan professor-o‘qituvchilar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq