Jizzax shahrida uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasiga raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda
04.04.2019
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

2019-yil 3-aprel kuni Jizzax viloyatining “Ilg‘or hudud” pilot loiyhasini amalga oshirish loyiha ofisida “Gruppa Poliplastik” kompaniyasi vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — LBMA), Jizzax shahar hokimligi, shahar kommunal xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Jizzax shahrining “Zargarlik” MFYda joylashgan 4 uyda “aqqli shahar” loyihasining amalga oshirilishi muhokama etildi. “Gruppa Poliplastik” kompaniyasi bilan hamkorlik 2019-yil 7-mart kuni LBMA bilan tuzilgan O‘zaro anglashuv memorandumida nazarda tutilgan.

Loyiha doirasida Jizzax shahridagi mikrorayonlarning birida «Umnogor» raqamli platforma asosida shahar mulkini boshqarish uchun bir nechta axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini va “buyumlar Interneti”ni o‘zaro bog‘lash ko‘zda tutilgan.

“Aqqli shahar” platformasining amalga oshirilishi 5ta asosiy qismdan iborat:

1. Uylar va xonadonlar hisoblagichlarining ma’lumotlarini yig‘ish, uzatish va hisobga olishni o‘zida mujassamlashtirgan resurslarni hisobga olish tizimini yaratish. Bu resurs tarmoqlardagi real yo‘qotishlarini aniqlash va haqiqatda iste’mol qilingan resurslar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

2. Avariya holatiga nisbatan tezkor choralar ko‘rish vaqtini qisqartirish va har bir murojaatning bajarilishini nazorat qilish imkoniyatini beradigan yagona dispetcherlik xizmatini joriy etish.

3. Shahar kommunal xo‘jaligining real ma’lumotlarini tahlil qilish va asoslangan, shu jumladan, rejalashtirilgan tadbirlarni “sun’iy intellekt” asosida tahlil qilishdan foydalangan holda qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradigan kommunal xo‘jaligining elektron modelini yaratish.

4. Qurilish loyihalarini kelishish, nazorat qilish va kuzatib borish, qo‘l mehnatining hajmini kamaytirish maqsadida qurilishlarni raqamli boshqarish.

5. Me’yordan ortiqcha yo‘qotishlarni va noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash maqsadida issiqlik tarmoqlarini uchuvchisiz apparatlardan foydalangan holda tekshirish.

Loyiha O‘zbekiston hududida yagona bo‘lib, keyinchalik Jizzax shahri va respublikaning boshqa tumanlarida zamonaviy raqamli texnologik tizimlarini o‘rnatish uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Loyiha doirasida foydalaniladigan raqamli va qurilish texnologiyalari (transheyasiz tiklash) muhandislik tarmoqlarini kapital ta’mirlash ishlariga ketadigan xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish va ulardan foydalanish muddatlarini sezilarli uzaytirish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun: “Gruppa Poliplastik” – bo‘linmalari Rossiya, Belarussiya, Qozog‘istonda joylashgan yirik xalqaro kompaniya. Kompaniya korxonalarida ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida sifatni boshqarish tizimi muvaffaqiyatli amalga oshiriladi: xomashyo materiallar qabul qilishda tekshiriladi, mahsulotlarni ishlab chiqarish parametrlari va tayyor mahsulotlar ko‘rsatkichlari nazorat qilinadi. Joriy etilgan tizimning samaradorligi va natijadorligi ISO:9001 sertifikati bilan tasdiqlangan.

Mahsulotlar zamonaviy quvurlarlar markali polietilenidan ishlab chiqariladi va metrologiya va texnik nazorat Federal agentligi, iste’molchilar huquqlari va inson farovonligini himoya qilish sohasida nazorat qilish Federal xizmatining sertifikatlariga, ekologik, texnologik va atom nazorati bo‘yicha Federal xizmatining ruxsati hamda faoliyatni amalga oshirish mamlakatlarning shu kabi tizimlarining barcha zarur bo‘lgan ruxsatnomalarga ega.
2016-yildan boshlab kompaniya yangi yo‘nalishlarni faol rivojlantirish, shu jumladan, muhandislik tarmoqlarini loyihalashtirish va transheyasiz tiklash bo‘yicha zamonaviy ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda qurish bilan shug‘ullanadi. Rossiyada kompaniya tomonidan 110dan ko‘proq loyihalar amalga oshirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq