«Google Play» da tahdidlarning soni yil davomida ikki marotaba oshdi
04.04.2019
Rukn: Internet.
Muallif: .

Google mutaxassislari 2018-yilgi Android ekotizimidagi tahdidlar haqida hisobot berdilar. Maʼlum boʻlishicha, Google Play da Malware – zararli dasturiy taʼminotlar soni oʻsishda davom etmoqda va yil davomida deyarli ikki baravar oshdi. Biroq, ekspertlar xavotirga oʻrin yoʻqligini taʼkidlamoqdalar.

Gap shundaki, Malware sonini oshishining asosiy sababi, Klikfrod – reklamalarga klik bosishga majburlovchi tarmoq firibgarlik turi mavjud (adware) dasturlarini oʻz ichiga olgan “potensial xavfli ilovalar” dir. Agar ilgari bunday reklama buzgʻunchi ilovalari qoʻllaniladigan dasturlar faqatgina katalog qoidalarini buzgan deb hisoblansa, endi ular toʻliq professional dastur hisoblanadi va “statistikani buzadi”. 2017 yilda bunday ilovalar hisobotning atigi 0,04% ni tashkil etgan boʻlsa, 2018 yilda bu koʻrsatkich 0,2% ni tashkil qiladi.

Shu bilan birga, agar toʻplangan statistikadan klikfrod chiqarib yuborilsa, Google Play ning potensial xavfli ilovalari bir yil davomida 31% ga kamayganligi maʼlum boʻladi. Koʻp hollarda, bunday dasturlarning qurbonlari AQSH, Braziliya va Meksikalik foydalanuvchilar boʻlmoqda.

Hisobotga koʻra, adware dasturlari rasmiy Google katalogidagi barcha potensial xavfli dasturlarning 55 foizini tashkil etadi. Malware reklamasi uchun “reyting” ning ikkinchi qatorida 16% ga ega boʻlgan troyan egalari turibdi.

Ammo rasmiy Google Play katalogidan tashqarida, kompaniya maʼlumotiga koʻra, vaziyat ancha jiddiy. Shunday qilib, bir yil davomida Play Protect himoyasi 1.6 mlrd. potensial xavfli dasturlarni oʻrnatishga toʻsqinlik qildi va ulardan 73% Google Play dan olinmagan.

Google Play tashqarisidagi boshqacha va dolzarb tahdidlar roʻyxati: bu yerda birinchi boʻlib bekdorlik dasturlar (28%) va troyanlar bilan (25%), va Malware reklama dasturlari zararli dasturlarning umumiy sonining atigi 13 foiziga egadir. Zaxira eshigiga ega dasturlar Rossiya, Braziliya, Meksika va Vyetnam foydalanuvchilari qurilmalarida koʻp uchraydi.

Shuni taʼkidlash kerakki, tadqiqotchilar zaxira eshigining zararlanishini Chamois dasturiga bogʻlamoqdalar, baʼzi ishlab chiqaruvchilar tez-tez qurilmalariga Chamois ni oldindan oʻrnatadilar va u oʻz navbatida tizimga boshqa zararli dasturlarni yuklaydi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq